Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni davolash bilan bogʻliq yangicha tartib ishlab chiqildi
Respublika maxsus komissiyasi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni toifalarga ajratdi. Bemorlar toifasiga qarab davolanadi.

Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar uch toifaga ajratilmoqda:
koronavirus infeksiyasining yengil shakllari aniqlangan (kasallik alomatlarsiz oʻtayotgan) bemorlar;
koronavirus infeksiyasi oʻrtacha ogʻir kechayotgan (tana harorati koʻtarilayotgan) bemorlar;
koronavirus infeksiyasi ogʻir kechayotgan bemorlar.
Shu munosabat bilan joriy yil 5 iyul sanasidan boshlab koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni davolash bilan bogʻliq quyidagilarni nazarda tutuvchi yangicha tartib joriy etilmoqda:
kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar shifokor tavsiyalari asosida, sanitariya-gigiyena qoidalari hamda parvarish uchun zarur sharoitlar mavjud boʻlganda, uy sharoitida davolanishiga ruxsat etiladi;
shifoxonalarda va uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda nazoratdan chiqarish amaliyoti joriy etiladi;
koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bilan birlamchi muloqotda boʻlganlar 14 kunlik karantin muddatini uy sharoitida yoki tasdiqlangan roʻyxatga asosan mehonxonalarda barcha sanitariya-epidemiologiya va karantin cheklovlariga rioya etgan holda oʻtkazishga ruxsat beriladi;
birlamchi skrining test tahlillari musbat natija bergan namunalarni tasdiqlash tahlillarini oʻtkazish vakolati Bosh sanitar shifokor koʻrsatmalaridan kelib chiqib hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlariga beriladi;
aholining populyasion maʼlumotlar bazasini yaratish maqsadida koronavirus antitanachalariga IFA tekshirishlariga, davlat tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda, xususiy sogʻliqni saqlash sektoridagi tibbiyot muassasalari ham jalb etilishi mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlarni uy sharoitida davolash va parvarishlash tartibi ishlab chiqiladi hamda qabul qilinadi.
Shuningdek, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar va karantinga olingan muloqotdagilarni yashash manzili boʻyicha qatʼiy nazorat olib boriladi.
Kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlarni uy sharoitida davolash va parvarishlash tartibini buzgan fuqarolarga nisbatan epidemiyalarga qarshi kurash talablarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

