| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
COVID-191 daqiqada oʻqiladi1 983 marta oʻqildi

Koronavirus infeksiyasi qaysi davlatlarda umuman qayd etilmaganligi maʼlum qilindi

Bugungacha BMTga aʼzo boʻlgan 193 ta davlatdan 17 tasida koronavirus holatlari aniqlanmadi.Butun dunyoda 1 860 011 kishi bu virusga chalingan, ulardan 2 816 674 kishi sogʻaygan.

Koronavirus infeksiyasi qaysi davlatlarda umuman qayd etilmaganligi maʼlum qilindi

Dunyoda COVID-19 virusi birorta holati qayd etilmagan davlatlar soni kamaymoqda. Bu haqda Al Jazeera AQSh Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga asosan xabar qildi.

Butun dunyoda 1 860 011 kishi bu virusga chalingan, ulardan 2 816 674 kishi sogʻaygan. 13 aprel holatiga BMTga aʼzo boʻlgan 193 ta davlatdan 17 ta davlat tomonidan koronavirus holatlari haqida rasmiy ravishda maʼlum qilinmadi: Vanuatu; Kiribati; KXDR; Komor orollari; Lesoto; Marshallov orollari; Mikroneziya; Nauru; Palau; Samoa; San-Tome va Prinsipi; Sulaymon orollari; Tojikiston; Tonga; Turkmaniston; Tuvalu; Janubiy Sudan.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, baʼzi mamlakatlarda hali COVID-19 uchun test yoʻqligi sababli infeksiya holati qayd etilmagan. Boshqalar esa, uzoq joʻgʻrofik joylashuvi tufayli virus yetib kelmayapti – bu eng asosiy kichik orollardagi davlatlar.

Jons Xopkins universitetining oxirgi maʼlumotlariga koʻra, butun dunyoda 115 225 oʻlim holatlari qayd etilgan. Kasallanish holatlari eng koʻp qayd etilgan davlatlar - AQSh (557 590), ikkinchi oʻrinda Ispaniyada (169 496) va uchinchi - Italiya (156 363).

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ