| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
COVID-191 daqiqada oʻqiladi419 marta oʻqildi

Karantinda saqlash muddati qisqartirildi

Endilikda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada boʻlgan shaxslar uy sharoitida karantinda saqlanadi

Karantinda saqlash muddati qisqartirildi

Maʼlumki, Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 30 iyundagi qarori bilan shifoxonalarda va uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarsiz yengil shaklda kechayotgan bemorlarni 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda nazoratdan chiqarish amaliyoti joriy etilgan edi.

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada boʻlgan shaxslarni karantinda saqlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etildi:

  • koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada boʻlgan shaxslar uy sharoitida karantinda saqlanadi;

  • karantinda saqlash muddati 14 kundan 10 kunga qisqartiriladi hamda 10 kun muddatda koronavirus infeksiyasini aniqlash boʻyicha test natijalari manfiy boʻlgan taqdirda karantindan chiqariladi;

  • test natijalari musbat boʻlgan taqdirda, bemorda koronavirus infeksiyasining klinik belgilari kuzatilsa, shifoxonaga joylashtiriladi, kasallik alomatlarsiz oʻtayotgan boʻlsa, uy sharoitida davolanishga oʻtkaziladi (uy sharoitida davolashning imkoni boʻlmasa, belgilangan tartibda tibbiyot muassasasida davolashga oʻtkaziladi).

Kasallik alomatlarsiz yengil shaklda kechayotgan bemorlarni uy sharoitida davolash, shuningdek, bemorlar bilan aloqada boʻlganlarni uy sharoitida karantinga olish tartibi joriy etilishi munosabati bilan Respublika maxsus komissiyasining qarorida quyidagilar belgilandi:

  • uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda bemorlar bilan aloqada boʻlib, uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning doimiy tibbiy nazoratda boʻlishi belgilandi;

  • aholiga, shu jumladan, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat hamda axborot berishga qaratilgan tunu-kun uzluksiz faoliyat koʻrsatuvchi Call-center faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

  • uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga joyiga chiqqan holda tibbiy yordam koʻrsatishga ixtisoslashgan mobil guruhlar tashkil etiladi.

Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasiga(dan) yoʻlovchi tashish boʻyicha xalqaro aviatashuvlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.

Cheklovlarga soʻzsiz rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatiladi hamda mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik choralari qoʻllanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ