Karantin vaqtida ruxsat berilmagan faoliyat turlari bilan shugʻullanganlar javobgarlikka tortiladi
Xostellar, tungi klublar, diskoteka, spa va bir qancha faoliyat turlari bilan karantin vaqtida shugʻullanganlik uchun belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish belgilandi.

Karantin cheklovlari sharoitida ruxsat berilmagan tadbirkorlik faoliyati (xostellar, tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter oʻyinlari markazlari) bilan shugʻullanmaslik Milliy gvardiya, Ichki ishlar, soliq organlari va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan muntazam ravishda profilaktika tadbirlarini oʻtkazgan holda nazoratga olish va mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish belgilandi.
Toshkent shahriga avtotransport vositalarining kirib-chiqish postlarida sanitariya-gigiyena va karantin talablariga rioya etish, shu jumladan, avtotransport vositalarini dezinfeksiyadan oʻtkazish talablariga qatʼiy rioya etish talab etiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

