Karantin choralari yumshatilmoqda: Sport zallari, fitnes klublar ishga tushadi
Sport tadbirlari hamda badantarbiya mashgʻulotlari soat 07:30 dan 18:30 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida tashkil etishga qatʼiy amal qilinadi.

«Yashil» va «sariq» hududlarda sport seksiyalari, sport zallari va fitnes klublari faoliyati 3 kun muddatda yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Vazirning tegishli buyrugʻiga muvofiq, uch kun muddatda amaldagi karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda «sariq» va «yashil» hududlarda joylashgan sport seksiyalari, toʻgaraklari, sport zallari va fitnes klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Sport inshootlari (shu jumladan, ochiq maydonlar)ga kirish-chiqish joylarida fuqarolarning tana haroratini pirometrlarda oʻlchash, 37 daraja va undan yuqori tana harorati boʻlgan fuqarolarni sport inshootlariga kiritmaslik va bu haqda sogʻliqni saqlash boʻlimlariga xabar berish, sport tadbirlari hamda badantarbiya mashgʻulotlarini soat 07.30 dan 18.30 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida tashkil etishga qatʼiy amal qilinadi.
Shuningdek, sport tadbirlarini oʻtkazishda suzish havzalaridan aslo foydalanmaslik hamda sport taʼlim muassasalari faoliyatini yoʻlga qoʻymaslik koʻzda tutilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

