| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
COVID-191 daqiqada oʻqiladi317 marta oʻqildi

"Ipoteka bank" xodimida koronavirus aniqlandi

Joriy yil 24 may kuni Respublika "Ipoteka bank" bosh boshqarmasi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

"Ipoteka bank" xodimida koronavirus aniqlandi

Maʼlumotlarga qaraganda, kasallikka chalingan fuqaro yaqin 20 kun ichida oʻzi va oila aʼzolari mehmonga bormagan, qoʻni-qoʻshnilarnikiga ham chiqmagan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

"Uning yashash manzili boʻyicha muloqotda boʻlgan barcha oila aʼzolari belgilangan tartibda karantinga olindi. Qoʻshimcha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda", deyiladi xabarda.

Bemor bilan muloqotda boʻlgan hamkasblari ham belgilangan tartibda 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Qolgan xodimlar esa yashash manzillari boʻyicha tibbiy nazoratga olindi. Barcha muloqotda boʻlganlardan laborator tahlil uchun namunalar olingan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ