| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Texnologiyalar1 daqiqada oʻqiladi56 marta oʻqildi

Ilon Mask milliarderlar reytingida afsonaviy investor Uorren Baffetdan oʻzib ketdi

70,5 milliard dollar egasi boʻlgan Mask yettinchi oʻrinni Google hammuassisi Sergey Brin bilan boʻlishib turibdi.

Ilon Mask milliarderlar reytingida afsonaviy investor Uorren Baffetdan oʻzib ketdi

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask milliarderlar reytingida afsonaviy investor Uorren Baffetdan ustun keldi.

Bloomberg agentligi maʼlumotlariga koʻra, 70,5 milliard dollar egasi boʻlgan Mask yettinchi oʻrinni Google hammuassisi Sergey Brin bilan boʻlishib turibdi. Baffet esa 69,2 milliard dollar bilan oʻninchi oʻrinda.

Forbes Ilon Maskning boyligini biroz kamroq deb baholamoqda - $59,3 mlrd, Baffetnikini esa aksincha koʻproq.

Maskning reytingning koʻtarilishi Tesla kapitallashuvining oʻsishi bilan bogʻliq - juma kuni u yana 10 foizga koʻtarilib 286 milliard dollarga chiqdi va bitta aksiyaning bahosi 1500 dollarni tashkil etdi (faqat iyun oyining boshida 1000 dollar edi). Soʻnggi 12 oy ichida kompaniyaning kotirovkalari besh baravar oʻsdi, u dunyodagi eng qimmat avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylandi.

Oʻsish Tesla kompaniyasini S&P 500 indeksiga kiritiladi degan umid bilan bogʻliq, buning uchun u ketma-ket toʻrtta daromadli chorakni namoyish qilishi kerak. Bozorlar 22 iyul kuni hisobotni nashr etishni kutmoqdalar.

Baffet esa aksincha, bu hafta xayriya ishlariga yana 2,9 milliard dollar ajratdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ