Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar akseleratori 100 kun ichida hal qilinishi lozim boʻlgan toʻrtta yoʻnalishni aniqlab berdi
Ushbu bosqichga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqish, qurilish ruxsatnomalarini berishni soddalashtirish va kommunal toʻlovlar uchun yagona hisob-kitob tizimini yaratish sohasidagi masalalar kiritildi.

Joriy yilning 16 sentyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Hukumati koʻmagi bilan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar akseleratori (Akselerator) rahbarlarining uchrashuvi videokonferensiya shaklida oʻtkazildi. Tadbirda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbariyati – direktor O. Hakimov, direktor oʻrinbosari U. Abidxadjayev, akselerator koordinatorlari A. Xalmurzayev, M. Babajanov, X. Normurodov va X. Majidovlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, bir qator vazirlik va idoralardan ham 60 dan ortiq masʼullar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Amirlik tomonidan BAA Bosh vazirining Strategiya va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Xuda Al-Xashimi va BAA hukumat Akseleratori rahbari doktor Radhia al-Xashimi ishtirok etishdi.
Mazkur yigʻilishdan maqsad - davlat organlari va tashkilotlarining mablagʻlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi dolzarb muammolarni tezkor va samarali yechishga samarali safarbar etish yoʻllarini muhokama qilishdan iborat.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil mart oyida BAAga rasmiy tashrifi yakunlari boʻyicha davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Birlashgan Arab Amirliklarida allaqachon hukumat akseleratorining oʻxshash mexanizmi mavjud. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi qaroriga muvofiq Prezident Administratsiyasi huzurida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tarkibida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning Akseleratori tashkil etildi. 2019 yil 3-8 noyabr kunlari Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi delegatsiyasi BAAga tashrif buyurdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xodimlari Hukumat Akseleratori faoliyatini tayyorlash boʻyicha seminarda qatnashdilar (Government Accelerators Training Workshop).
Videokonferensiya davomida uchrashuv qatnashchilari Birlashgan Arab Amirliklarining Hukumat Akseleratori metodologiyasiga muvofiq manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan 100 kun ichida oʻrganilishi kerak boʻlgan ustuvor masalalarni aniqladilar. Shuningdek, muammolarni hal qilish uchun BAA Hukumati akseleratoridan soha mutaxassislarini jalb qilish koʻzda tutilmoqda.

Xususan, mazkur muammolarga:
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish (masʼul: AT “Xalq banki”, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Markaziy bank);
shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqish (masʼul: Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi);
qurilish ruxsatnomalarini berishni soddalashtirish (maʼsul: Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi);
kommunal toʻlovlar uchun yagona hisob-kitob tizimini yaratish sohasidagi masalalar kiritildi (masʼul: AT “Xalq banki”, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi).
Tadbir davomida Akselerator ushbu muammolarni hal qilish uchun aniq rejalar va muddatlarga asoslanib, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrgan holda tegishli ishchi guruhlarni tuzdi. Amirliklar tomoni, Oʻzbekiston bilan munosabatlarga alohida ahamiyat berilishini taʼkidlab, mavjud kelishuvlar doirasida cheklanib qolmaslik va akseleratorning Oʻzbekistondagi faoliyatini amalga oshirishda faol ishtirok yetish niyatlarini eʼlon qildi. Videokonferensiyadan soʻng tomonlar mavjud kelishuvlarni jadal amalga oshirishga sodiq ekanliklarini, shuningdek, yanada intensiv taʼsir oʻtkazish va dolzarb muammolarni tezkor hal qilish uchun har xil darajadagi ikki tomonlama onlayn muzokaralar amaliyotini faollashtirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan ishlash xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekistonda davlat organlari va hududlar uchun korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyot reytingi ishga tushiriladi

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Oʻzbekistonda paxta, bugʻdoy, pomidor, kartoshka, sut va boshqa mahsulotlarning oʻrtacha hosildorligi uning haqiqiy quvvatidan ancha past

