| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi1 650 marta oʻqildi

AQSh Davlat departamenti Mirziyoyevning OAV haqidagi soʻzlarini qoʻllab-quvvatladi

AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Elis Uells Prezident Shavkat Mirziyoyevning OAVni himoya qilish borasidagi soʻzlarini olqishladi.

AQSh Davlat departamenti Mirziyoyevning OAV haqidagi soʻzlarini qoʻllab-quvvatladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni oʻtkazilgan yigʻilishda davlat tashkilotlarining ochiqligi va shaffofligi, rahbarlarning OAV va jamoatchilik bilan muomala madaniyati masalalariga toʻxtalib oʻtgan edi. AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Elis Uells davlat rahbarining OAVni himoya qilish borasidagi soʻzlarini olqishladi.

«Prezident Mirziyoyevning Oʻzbekistonda OAVga qarshi tahdidlarni qoralayotganini va oʻzining matbuot erkinligi tarafdori ekanini yana bir bor taʼkidlaganini eshitishdan xursandman», — deb yozdi u Twitter-sahifasiga.

«Jurnalistlar va blogerlar xavfsizligini va erkin ishlashini taʼminlash ochiqlikka yordam beradi va bundan demokratiya yanada kuchliroq boʻladi», — deya qayd etdi Elis Uells.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ