Google, Facebook va Yandex oʻz serverlarini Oʻzbekistonda joylashtirishi mumkin
Bu internet foydalanuvchilari tomonidan audio, video, dasturiy taʼminot va kontentning boshqa turlarini yuklab olish tezligini oshirishga yordam beradi.

Oʻzbekiston Google, Facebook va Yandex bilan ushbu kompaniyalarning serverlarini mamlakatda joylashtirish boʻyicha muzokaralar olib boradi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Bu Internet-foydalanuvchilarning ushbu xizmatlar taqdim etadigan audio, video, dasturiy taʼminot va kontentning boshqa turlarini yuklab olish tezligini oshiradi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarovning soʻzlariga koʻra, bu respublikadagi foydalanuvchilar uchun Internetdan foydalanish tezligini oshiradi.
Uning qoʻshimcha qilishicha, dunyoning yirik internet xizmatlarini kompaniyalari tomonidan server uskunalarini lokalizatsiyasi amalga oshiriladi. Shuningdek, foydalanuvchilar uchun telekommunikatsiya tarmoqlarining kengligini oshirish va aholi uchun ulanish tezligini oʻrtacha 10 dan 100 Mbit/s gacha, korxona va tashkilotlar uchun esa 100 dan ming 1000 Mbit/s gacha oshirish orqali foydalanuvchilarga internet tezligini 10 barobargacha oshirish rejalashtirilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Har bir aholi Internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻladi

Facebook talabalar uchun qulay boʻlgan yangi ijtimoiy tarmoqni yoʻlga qoʻydi

