Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi tuzildi
Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (27.11.2019 yildagi 953-son VMQga qarang).
Eslatib oʻtamiz, Kengash joriy yilning iyul oyida tashkil etilgan. Bu fan, texnologiyalar va oliy taʼlimni rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqishda davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, hokimliklar, ilmiy va taʼlim muassasalarining oʻzaro hamkorligini taʼminlaydigan maslahat organi hisoblanadi.
Kengashga Bosh vazir rahbarlik (rais) qiladi. Shuningdek, uning tarkibiga raisning oʻrinbosari – Prezident maslahatchisi va fan va texnika sohasida davlat mukofotlari masalalari boʻyicha raisning oʻrinbosari – Fanlar akademiyasi prezidenti, kotibi va Kengash aʼzolari (jamoatchilik asosida) kiradi. Quyidagilar ishchi organi funksiyasini amalga oshiradi:
Fanlar akademiyasi - fan va texnika sohasida Davlat mukofotiga nomzodlar uchun tavsiyalarni koʻrib chiqish va takliflarni tayyorlash boʻyicha;
Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati - boshqa masalalar boʻyicha.
Kengash yigʻilishlari kamida 6 oyda 1 marta, zarurat boʻlganda navbatdan tashqari yigʻilishlari oʻtkaziladi va aʼzolarining kamida yarmi ishtirok etganda huquqiy vakolatli hisoblanadi. Qarorlar majlisda qatnashgan Kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ovozlar teng boʻlgan hollarda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnomani imzolash paytida Kengash aʼzolari oʻzlarining alohida fikrini bildirishi mumkin. Bayonnomaning asl nusxasi va uning materiallari Vazirlar Mahkamasida saqlanadi.
Fan va texnika sohasida Davlat mukofoti berishga nomzodlar boʻyicha tavsiyanomalarni qabul qilish va takliflar tayyorlash reglamenti alohida tasdiqlangan. Jarayon sxema boʻyicha 7 izchil bosqichda amalga oshiriladi. Talabgorlar ishlarini koʻrib chiqish tanlov asosida amalga oshiriladi. Ular boʻyicha oldin davlat mukofoti berilgan yoki avval koʻrib chiqilgan, biroq mukofotga tavsiya etilmagan ishlar tanlovda ishtirok etmaydi. Ekspertiza yakunlariga koʻra mukofotga nomzodlarning ishlariga qisqacha tavsif berilgan nomzodlar roʻyxati tasdiqlanadi. Davlat mukofotiga nomzodlar haqidagi taklif Vazirlar Mahkamasining rasmiy blankasida Kengash raisining imzosi bilan Prezidentga yuboriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Har bir aholi Internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻladi

Facebook talabalar uchun qulay boʻlgan yangi ijtimoiy tarmoqni yoʻlga qoʻydi

