| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Mulohaza8 daqiqada oʻqiladi3 329 marta oʻqildi

Yevroosiyo Ittifoqiga kirish manfaatlarimizga mos keladi

Soʻnggi kunlarda turli davralarda mamlakatimizning Yevroosiyo ittifoqiga kirishi masalasi qizgʻin muhokama va munozaralarga sabab boʻlmoqda. Fikr-mulohazalar turli-tuman, kimlardir mazkur ittifoqqa kirishimizni yoqlayapti, boshqa birovlar esa bunga mutlaqo qarshi. Shu sabab men ham Oʻzbekistonning YeOIIga kirish masalasining ijobiy va salbiy jihatlari haqidagi fikrlarim bilan oʻrtoqlashmoqchiman.

Yevroosiyo Ittifoqiga kirish manfaatlarimizga mos keladi

Foto: eurasian-studies.org

Soʻnggi kunlarda turli davralarda mamlakatimizning Yevroosiyo ittifoqiga kirishi masalasi qizgʻin muhokama va munozaralarga sabab boʻlmoqda. Fikr-mulohazalar turli-tuman, kimlardir mazkur ittifoqqa kirishimizni yoqlayapti, boshqa birovlar esa bunga mutlaqo qarshi. Shu sabab men ham Oʻzbekistonning YeOIIga kirish masalasining ijobiy va salbiy jihatlari haqidagi fikrlarim bilan oʻrtoqlashmoqchiman.

2014 yil 29 mayda Ostona shahrida imzolangan “Yevroosiyo iqtisodiy itttifoqi haqida”gi Shartnomaning 4-moddasida uni tuzishning asosiy maqsadlari quyidagicha belgilangan:

- aʼzo-davlatlar aholisining turmush darajasini oshirish maqsadida ular iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;

- Ittifoq doirasida tovarlar, xizmatlar, kapital va mehnat resursla-rining yagona bozorini shakllantirishga intilish;

- global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarni har taraflama modernizatsiya , kooperatsiya qilish va ular raqobatbardoshligini oshirish.

Mazkur Ittifoq tuzishning maqsadlari 2016 yil sentyabr oyidan bosh-langan Oʻzbekiston Respublikasi yangi iqtisodiy siyosatining asoslarini belgilab bergan “Harakatlar Strategiyasi” maqsadlariga toʻgʻri kelayotganligi koʻrinib turibdi. Demak, YeOII va bugungi Oʻzbekiston iqtisodiy siyosatlarining asosiy maqsadlari bir-biriga mos keladi.

RF, Belorussiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Armaniston davlatlari-ning umumiy maydoni 20,3 million kvadrat kilometrni tashkil etadi, aho-lisining soni 186 million kishi, YaIM hajmi 1, 9 trillion AQSh dolla-riga teng. Koʻrinib turibdiki, YeOIH – hajmi jihatidan juda katta bozor va bu bozorning teng huquqli aʼzosi boʻlish Oʻzbekistonga ulkan imkoniyatlar yaratib beradi.

Oʻzbekiston uzoq yillar mobaynida YeOII davlatlari bilan SSSR nomli bitta davlat tarkibida boʻlgan va shu bois mazkur davlatlar bilan juda yaqin iqtisodiy aloqalar bilan bogʻlangan. Birgina qoʻshni davlatlarni olib qaraylik. Markaziy Osiyoda joylashgan beshta davlatning asosiy hududi uzoq asrlar davomida yagona davlat tarkibida boʻlgan. Toʻgʻri, beshta davlat maydonida bir paytning oʻzida bittadan koʻp davlat ham hukm surgan davrlar ham boʻlgan. Masalan, chor Rossiyasi istilosidan oldingi asrlarda hudud uchta davlatga boʻlinib ketgan edi.

Lekin qadimda Markaziy Osiyo davlatlari bitta davlat tarkibida boʻlganmi yoki 3 ta davlat boʻlib yashaganmi, bundan qatʼiy nazar, ular iqtisodiyotlari asrlar mobaynida tabiiy-iqlim, yer-suv, aholining koʻchmanchi yoki oʻtroq holda yashashi kabi turli omillar taʼsiri ostida bir-birini toʻldirib turadigan yagona hududiy kompleks holida shakllangan. SSSR parchalangunga qadar Markaziy Osiyo davlatlari yagona hududiy kompleks sifatida saqlanib turgan.

1992-2016 yillar mobaynida beshta davlatning iqtisodiy aloqalari susaydi, oʻrtada sunʼiy toʻsiqlar paydo boʻldi. Bu davlatlarning hammasiga salbiy taʼsir koʻrsatdi.

Mamlakatimizning yangi rahbari Shavkat Mirziyoyev darhol tashqi siyo- satni butkul oʻzgartirib, hamma davlatlar, ayniqsa, qoʻshni davlatlar bilan aloqalarni kengaytirish yoʻlini boshladi. Iqtisodiy aloqalarning kuchayishi Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotlariga sezilarli darajada ijobiy taʼsir koʻrsata boshladi, tobora kamayib borayotgan oʻzaro savdo aylanmasi hajmlari oxirgi yillarda yana osha boshladi. Misollarga murojaat qilaylik. Ayni vaqtda Oʻzbekiston hududida Rossiya kapitali ishtirokida 950 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, Rossiyada esa Oʻzbekistonning iqtisodiy subʼyektlari ishtirokida 550 dan ortiq korxona mavjud. Ikki mamlakatning mintaqalararo hamkorligi ham yanada kengaymoqda va bugun oʻzbekistonlik tadbirkorlar Rossiyaning 70 ga yaqin hududlaridagi korxonalar bilan hamkorlik qilishmoqda.

Belorussiya bilan mashinasozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati sohasida hamda mahalliylashtirishni kengaytirishda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha loyihalar amalga oshirilyapti.

Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi kapitali ishtirokida 200 dan ortiq korxona, Qirgʻiziston investorlari ishtirokida esa 96 ga yaqin kompaniya faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻz navbatda, Qozogʻiston hududida 150 ga yaqin Qozogʻiston-Oʻzbekiston qoʻshma korxonasi, Qirgʻiziston hududida esa 200 dan ortiq Qirgʻiziston-Oʻzbekiston qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

2016-2019 yillarda YeOII davlatlari bilan hamkorlikning kuchayishi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klasterlar, sanoat va savdo zonalarini tashkil etishda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatini yanada kengaytiradi; tuman va shaharlarni industrial rivojlantirish maqsadida hududlarga chet el investitsiya resurslarini jalb qilish imkoniyatini oshiradi.

Ittifoq doirasida tovarlarning boj toʻlovlarisiz olib oʻtilishi, davlatlarning ichki bozorlariga mahalliy tovarlarning hech qanday toʻsiqlarsiz kirib borishi, bojxona idoralari faoliyatini tartibga solishning umumiy va mukammal tizimini yaratish, kapital harakati erkinligini taʼminlash imkoniyatlarini yaxshilaydi.

Bu iqtisodiy aloqalar kuchayishining ijobiy tomonlari edi. Shu bilan birgalikda uning ayrim salbiy jihatlari ham mavjud:

  • mamlakatimizda mahsulotlari yuqori narxga ega boʻlgan korxonalar faoliyatiga salbiy taʼsirlar boʻlishi;

  • ichki bozorda import mahsulotlari hajmining koʻpayishi;

  • ayrim tovarlar bozorida raqobatning ortishi, hozir turlicha boʻlgan texnik tartibga solish va standartlarni bir xil qilish bilan bogʻliq muammolar paydo boʻlishi;

  • tayyor sanoat tovarlarni ishlab chiqarish boʻyicha tumanlararo tafovut ortishi mumkin.

Mamlakatimizda eksportni, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish strategik vazifa qilib belgilangan. Buning uchun salohiyatli va barqaror isteʼmol bozori zarur boʻladi. Shu jihatdan olib qaraganda, Yevroosiyo ittifoqi bilan integratsiyalashuv juda muhim vazifa hisoblanadi. Qolaversa, YeOII ga kirishimiz agrar mahsulotlarimizni YeOII mamlakatlariga bojxona toʻlovlarisiz eksport qilish imkoniyatini beradiki, bu katta miqdorda qoʻshimcha foyda koʻrishimizga sabab boʻladi.

Chorvachilik sohasida esa hozircha goʻsht kabi mahsulotlarni import qilishimizga toʻgʻr kelyapti. Bu masalani ham YeOII hisobiga hal etishimiz mumkin boʻladi.

Qishloq xoʻjaligida ham YeOII ga kirishning ayrim salbiy jihatlari bor. Masalan, bu jarayon mineral oʻgʻit ishlab chiqaruvchilarga, oʻsimliklarni himoya qiluvchi ximikatlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga moliyaviy zarar yetkazish ehtimoli bor.

Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga sarflanayotgan suvning deyarli 80 foizi Qirgʻiziston va Tojikistondan keladi. Bu borada mavjud jiddiy kelishmovchiliklarni ham YeOII doirasida nisbatan osonroq hal etish imkoniyati paydo boʻladi.

SSSR da yagona energetika tizimi mavjud edi. U Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistonga umumiy quvvatlardan birgalikda foydalanish va hamma sohani elektr energiyasi bilan talab darajasida taʼminlash imkonini bergan.

Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston va Janubiy Qozogʻistonni oʻz ichiga oluvchi mintaqaviy energotizimni Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimi sifatida shakllantirish 1991 yilda yakunlangan edi. U oʻz ichiga 25 ming MVt umumiy quvvatga ega 83 ta elektr stansiyasini qamrab olgandi. Biroq, SSSR tarqalib ketgach, davlatlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar tufayli yagona energetika tizimi buzilib ketdi.

YeOII ga kirish uning doirasida yagona elektr energiyasi bozori yaratish va shu yoʻl orqali barcha aʼzo-davlatlarni nisbatan arzon elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoniyatini yaratadi. Bu Ittifoq aʼzolarining iqtisodiy oʻsishiga ijobiy taʼsir qiladi.

Oʻzbekiston ittifoqqa aʼzo mamlakatlar ichida mehnat resurslari soni boʻyicha Rossiyadan keyin 2-oʻrinni egallaydi. Bu esa, Oʻzbekistonning mehnat resurslariga boyligini, mehnat salohiyati yuqoriligini koʻrsatadi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi oʻta muhim muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Hozirda 2,4 millionga yaqin kishi ishlash uchun chet elga chiqib ketgan. Tashqi migrantlarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasiga (2,2 mln kishi yoki 91,7 %) toʻgʻri kelmoqda. Oʻzbekiston ushbu koʻrsatkich bilan MDH mamlakatlari orasida Rossiyaga kirib kelayotgan migrantlar soni boʻyicha 1-oʻrinni egallamoqda.

Ittifoqqa aʼzo boʻlish mehnat munosabatlari masalasida Oʻzbekiston uchun quyidagi ijobiy natijalarni beradi:

- migrantlarning xorijiy mamlakatdagi ishlashi, yashashi, turmush sharoiti yaxshilanishiga olib keladi;

- migrantlarning qonuniy yoʻl bilan chiqib ketishini va ularning aniq hisobini yuritishni taʼminlaydi;

- mehnat bozoridagi taklifning hamda aholining chetga chiqish qiziqishining yuqoriligini hisobga olib, mehnat bozori muvozanatligini taʼminlaydi;

- patent toʻlovlari bekor qilinadi va bu migrantlarimizga oyiga oʻrtacha 150 – 170 million AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha foyda olib keladi;

- mamlakatimizga xorijiy valyuta oqimini koʻpaytiradi, qaytib kelgan migrantlar mamlakatga tayyor ishchi kuchi boʻlib va innovatsiyalar bilan keladi va boshqalar.

Shuning bilan birga, Ittifoqqa aʼzo boʻlish bu borada ayrim kamchiliklardan ham xoli emas:

- sifatli ishchi kuchining mamlakatdan chiqib ketishi va buning oqibatida mamlakatda unga boʻlgan talab va taklifning buzilishi yuz berishi mumkin;

- saviyasiz migrantlarning xorijiy mamlakatda oʻzini tutishi va xorijiy tillarni bilmasligi Oʻzbekiston obroʻsiga salbiy taʼsir oʻtkazadi;

- migrantlarning turli xil salbiy oqimlarga qoʻshilish ehtimolligi mavjud.

Senat raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev taʼkidlaganidek, 1992-2016 yillar mobaynida “Oʻzbekiston iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini yaratish bilan shugʻullanmadi, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga oʻtishni taʼminlay olmadi”. U yana aytadiki, “bozor iqtisodiyotiga oʻtishda xususiylashtirishni oʻtkazish va xususiy mulk xavfsizligini taʼminlash kerak”.

Senat raisi birinchi oʻrinbosari fikrlarining toʻgʻri ekanligini tan olgan holda unga yana shularni qoʻshimcha qilish mumkinki, siyosiy va iqtisodiy islohotlar, bozor iqtisodiyoti, iqtisodiy faoliyatni tashkil etish, xususiylashtirish konsepsiyalari va dasturlarini yaratish va ularni amaliyotga joriy etishda YeOII davlatlari bizdan ancha oldinga oʻtib ketishgan. Shu bois mazkur Ittifoqqa aʼzo boʻlib kirsak, biz ularning bu boradagi tajribasidan ham samarali foydalanishimiz mumkin.

Oʻzbekistonning YeOII ga aʼzo boʻlishi masalasi haqida oʻylar ekanman, internet sahifalarida xorijiy va oʻz ekspertlarimiz bu haqida bildirgan fikrlar bilan ham tanishib chiqdim. Yuqorida taʼkidlab oʻtganimdek, ekspertlarning bu boradagi mulohazalari turlicha, ular bir-birlaridan keskin farq qiladi. Ittifoqqa aʼzo boʻlishni ijobiy baholagan fikrlar koʻproq. Lekin ular ichida oʻta sayoz, chuqur oʻylanmagan, ortiqcha hayajonga berilgan, yetarli asoslanmagan, hatto mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan fikr va mulohazalar ham uchraydi. Masalan, qator masalalar boʻyicha internet sahifalarida yaxshi dalillangan fikrlar bilan tanilgan ekspert Aziza Umarova oʻzining Feysbuk sahifasida YeOII ga aʼzolik faqat Rossiyaga foydali, boshqa aʼzolarga hech qanday yaxshilik olib kelmagan, degan fikrni yozibdi. Uning fikricha, Rossiya yetakchiligidagi Ittifoqqa kirgandan keyin orqaga yoʻl qolmaydi. Ekspert, “tinchgina ajralish, tinch yoʻl bilan tarqalish imkonsiz”ligini ham qayd etgan. Bundan tashqari, mazkur ekspertning “Assalom, Sovet Ittifoqi”, degan fikrini “YeOIIga kirish – Sovet Ittifoqiga qaytish”, deb tushunish mumkin. Muhtarama Aziza Umarovaning bunday fikrlari haqiqatga toʻgʻri kelmaydi va hech qanday dalilga ega emas.

Ekspert Kamoliddin Rabbimov esa oʻzining Feysbukdagi sahifasida yozishicha, Matviyenkoning Oʻzbekistonga tashrifidan maqsad Oʻzbekistonga bosimni kuchaytirishdir. Rabbimovning Oʻzbekistonning YeOII ga kirishi “Shu paytgacha Rossiya tarafidan boʻlgan va boʻlayotgan bosimlarning siyosiy maqsadini rasmiylashtirish, shartni eslatish va bosimni yuqoriroq pallaga olib chiqish hisoblanadi,” degan fikri ham munozarali va yetarli asosga ega emas. Zero, mamlakatimining mazkur Ittifoqqa Rossiyaning bosimi ostida kirishi mumkinligi Rabbimovdan boshqa biror kishining xayoliga ham kelmayotgan fikr boʻlsa kerak?!

Qolaversa, yirik siyosatshunos va iqtisodchi olim, OʻZbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev qatʼiy taʼkidlab oʻtganidek, “Oʻzbekiston milliy manfaatlarga raxna soluvchi hech qanday shartnomaga qoʻl qoʻymaydi!”.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishining qator ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Koʻrinib turibdiki, uning ijobiy jihatlari ancha koʻp va salmoqli hamda Ittifoqqa kirish Oʻzbekistonning manfaatlariga mos keladi. Hamma gap YeOII ga kirishga puxta tayyorgarlik koʻrishga bogʻliq. Ana shunda bu tadbir xalqimizning manfaatlariga xizmat qiladi va mamlakatimiz iqtisodiyoti yanada oʻsishiga yordam beradi.

Odil Olimjonov,

iqtisodiyot fanlari doktori, professor

[1] https://podrobno.uz/cat/obchestvo/uzbekistantsy-zanyali-pervoe-mesto-po-chislu-trudovykh-/?

[2] https://novosti.tj/migraciya/trudovyie-migrantyi-v-rossii-dolzhnyi-oplatit-patent-do-2019-goda.html

[3] https://kun.uz/ru/52879584

[4] https://podrobno.uz/cat/obchestvo/moe-pokolenie-menshe-vsego-nadeyalos-na/

[5] https://kun.uz/news/2019/10/04/ozbekiston-milliy-manfaatlarga-rahna-soluvchi-hech-qanday-shartnomaga-qol-qoymaydi-sodiq-safoyev-yeoiiga-azolik-ehtimoli-haqida

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ