COVID-19 pandemiyasi Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi vaziyatga qanday taʼsir qildi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jahon banki va Taraqqiyot strategiyasi markazi bilan birgalikda COVID-19 ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari boʻyicha tadqiqot oʻtkazdi.

«Oʻzbekiston fuqarolarini tinglash» loyihasi doirasida oʻtkazilgan COVID-19 ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini oʻrganish natijalari boʻyicha.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jahon banki va «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bilan birgalikda COVID-19 pandemiyasining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga taʼsiri boʻyicha tadqiqot oʻtkazdi. Ushbu tadqiqot «Oʻzbekiston fuqarolarini tinglash» loyihasi doirasida olib borilgan boʻlib, fuqarolar farovonligini baholash va Oʻzbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan jamoatchilik fikrini oʻrganishni maqsad qilgan.
Maʼlumot uchun: Jahon bankining «Oʻzbekiston fuqarolarini tinglash» loyihasi (L2CU) har oyda 1500 ta Oʻzbekiston Respublikasi uy xoʻjaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini oʻrganadi. 2019 yilda boshlab, loyiha doirasida 21 ta soʻrovnoma oʻtkazildi. Soʻnggi soʻrovnoma 2020 yilning 21 may kuni oʻtkazilgan.
Tadqiqot natijalariga koʻra quyidagilar aniqlandi:
Ijtimoiy farovonlik sohasida:
- bandlik darajasi biroz oshdi. Kamida bitta ishlaydigan aʼzosi boʻlgan uy xoʻjaliklarining ulushi mart oyiga nisbatan aprel oyida 40 foiz punktidan koʻproqqa pasaydi. Apreldan maygacha boʻlgan davrda 15 f.p. ga koʻpaydi (43%dan 58%ga).
- xonadonlarda kimdir «ishidan ayrilgan yoki ishlamay qolgani» haqida xabar bergan respondentlar soni mart oyida 1% dan aprel oyida 19% ga oshgan.
Inqirozga qarshi qabul qilingan keng koʻlamli choralar dasturining amalga oshirilishi natijasida aprel-may oylarida ishidan ayrilganlar soni 19% dan 12% gacha kamaydi.Biroq, deyarli barcha respondentlar faoliyatini toʻxtatib turilishini vaqtinchalik deb hisoblashgan.
- Kambagʻallik darajasi yomonlashishi mumkin. Aprel oyida COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon qashshoqlik chegarasidan pastroqda yashovchilarning ulushi 10% ga yetdi (mart oyida 7,4%). Bu yana 448 ming kishi yashash darajasining pasayishi natijasida kambagʻallik chegarasidan chiqib ketishi mumkinligini anglatadi.
- Oziq-ovqat isteʼmoli yaxshilanmoqda. Oziq-ovqat isteʼmolining pasayganligi haqida xabar bergan uy xoʻjaliklarining ulushi aprel oyidagi 26% dan may oyida 23% ga tushdi.
- Bevosita davlat yordamini olish. COVID-19 paydo boʻlganidan beri aholining 9%i toʻgʻridan-toʻgʻri hukumat yordamini olganligi haqida xabar berishdi. Yordamning eng katta qismi (89%) natural (tovar) shaklida berilgan.
Taʼlim sohasida:
- May oyida barcha maktablar yopilganiga qaramay, deyarli barcha maktab yoshidagi bolalar muayyan taʼlim va oʻquv mashgʻulotlarida (97%) ishtirok etdilar. Respondentlarning aksariyati (69%) ushbu mashgʻulotlardan qoniqishgan va 8 %i esa qoniqishmagan.
- Oʻquv mashgʻulotlarining asosiy qismi taʼlim televizion dasturlari orqali amalga oshirilganligini oʻquvchilarning 87 %i belgilashgan. Oʻquvchilarning 6 %i uchun mobil oʻquv qoʻllanmalari asosiy taʼlim usuli boʻlib, oʻquvchilarning 5 %i repetitor yoki oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar orqali oʻrganganlar.
- Xonadonlarda televizor va televideniye dasturlaridan foydalanish imkoniyati yuqoriligi (91 %dan ortiq) ushbu tizim orqali oʻquv mashgʻulotlarining keng miqyosda ekanligini qisman tushuntiradi. 70 % xonadonlarda smartfonlar mavjud va ularning qariyb yarmi mobil internetga ulangan. Respondentlarning 17,5 %i shaxsiy kompyuterga yoki noutbukka ega, 8 % xonadon kabelli internetiga ulangan.
Xizmatlar koʻrsatish va maishiy xarajatlar:
- COVID-19 epidemiyasi boshlanganidan buyon uy xoʻjaliklarining 6 %ida fuqarolar tibbiy yordamga muhtojligini maʼlum qilishdi.
- Maishiy xarajatlar turlicha. Respondentlarning 55 %i xarajatlarning oʻzgarishi haqida xabar bergan. Ushbu oʻzgarishlarga koʻra, respondentlarning 60 %ga yaqinida oldingi 30 kunga nisbatan xarajatlar oshgan (oʻrtacha va sezilarli darajada), shuningdek, ular oʻrtacha daromaddan yuqori boʻlgan xarajatlarga ega boʻlishgan. Taxminan 40% xarajatlar qisqarganligi haqida xabar berishgan (23% "oʻrtacha" qisqartirish va 77% "sezilarli" deb xabar berishgan). Xarajatlarni qisqartirish toʻgʻrisida xabar berganlarning aksariyati kam taʼminlangan respondentlar boʻlgan.
- Mahsulotlar tanqisligi muammolari yaxshilandi. May oyida respondentlarning taxminan 6 %i, aprel oyidagi 16 % maʼlum tovarlar oʻz hududlarida sotilmaganini bildirishgan. Ushbu mahsulotlar orasida oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, non va un mavjud. May oyida vaziyat sezilarli darajada yaxshilandi, shunda oziq-ovqat yetkazib berishda uzilishlar soni taxminan 6 %gacha kamaydi. Dori-darmon va niqoblar sotuvga chiqarilmagani haqida xabar berganlar aprel oyida 5 %ni tashkil etgan boʻlsa, may oyida bir muncha pasaydi.
Turmush darajasi sohasida:
- soʻrovda qatnashganlarning 79 %i COVID-19 tarqalishi bilan turmush tarzining oʻzgargani haqida xabar berishgan. Odamlarning xatti-harakatlaridagi eng keng tarqalgan oʻzgarishlar: niqob taqish (95 %), oila va doʻstlarning tashriflarining qisqaririshi (84 %), qoʻllarni tez-tez yuvish (83 %), qoʻl siqish / quchoqlash / salomlashish (82%), ijtimoiy masofa (72 %), ish vaqtidan tashqari uylardan chiqish (51 %), izolyasiya / karantin (19 %). May oyida ommaviy tadbirlarda yaqin orada ishtirok etganligi toʻgʻrisida xabar bergan respondentlar soni nolga teng.
Islohotlarning samaradorligiga nisbatan ijtimoiy munosabat:
- COVID-19 infeksiyasining tarqalish davri mamlakat siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning toʻgʻri yoʻlida ekanligiga «toʻliq rozi» boʻlgan respondentlarning ulushi oshgan davrga toʻgʻri keldi. Bundan tashqari, respondentlarning deyarli hech biri ushbu fikrdan «norozi emas».
- Hukumatning fuqarolar bilan ochiq muloqotda ishtirok etishiga rozi va buni tasdiqlagan respondentlarning ulushi qariyb 95% tashkil etdi.
- Deyarli barcha respondentlar COVID-19 pandemiyasining oilalari uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan iqtisodiy oqibatlaridan xavotirda, ammo ular mamlakatning kelajakdagi iqtisodiy ahvoliga yaxshi qarashadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekistonda davlat organlari va hududlar uchun korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyot reytingi ishga tushiriladi

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Oʻzbekistonda paxta, bugʻdoy, pomidor, kartoshka, sut va boshqa mahsulotlarning oʻrtacha hosildorligi uning haqiqiy quvvatidan ancha past

