| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
COVID-191 daqiqada oʻqiladi330 marta oʻqildi

COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻriladi

“Oʻzbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish” loyihasi parametrlari tasdiqlandi.

COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻriladi

“Jahon banki ishtirokida “Oʻzbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Oʻzbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish” loyihasi parametrlari tasdiqlandi.

Loyihaning maqsadi Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish uchun sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash, karantin tadbirlari amal qilishi davrida kam taʼminlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishdan iborat.

Loyihaning umumiy qiymati 106 757,1 ming dollarni tashkil etadi.

Sogʻliqni saqlash va Moliya vazirliklari Xalqaro taraqqiyot uyushmasining (XTU) kreditidan maqsadli foydalanish hamda loyihani samarali amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi.

XTU kreditidan samarali foydalanishni monitoring qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun sotib olinadigan tibbiy buyum, tibbiy texnika va jihozlar roʻyxati tasdiqlanadi.

Loyiha doirasidagi mablagʻlar hisobidan ishsizlik boʻyicha nafaqalarning manzilli ajratilishi taʼminlanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ