| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Jamiyat2 daqiqada oʻqiladi1 131 marta oʻqildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi barchani soʻrovda faol qatnashishga chaqiradi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi jamoatchilik fikrini oʻrganish maqsadida soʻrov oʻtkazmoqda.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi barchani soʻrovda faol qatnashishga chaqiradi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi jamoatchilik fikrini oʻrganish maqsadida soʻrov oʻtkazmoqda.

Avval xabar qilinganidek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi oʻtgan yilning noyabr oyidan boshlab Oʻzbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga (YeOII) aʼzo boʻlishining iqtisodiy modellashtirish va iqtisodiy tahlil usullaridan foydalangan holda tadqiqot olib bormoqda.

Tadqiqot natijalarini jamoatchilikka keng yoritish maqsadida Markaz mutaxassislari 2020 yilning 8-11 yanvar kunlari respublikamizning 14 ta yetakchi universitetlarida talabalar, OAV vakillari va bloggerlar bilan uchrashuvlar tashkil etishdi. Tadqiqot natijalarini «Ekonomicheskoye obozreniye» jurnalining sayti review.uzda oʻqishingiz mumkin. Ushbu tadqiqot boʻyicha infografika va tahliliy maqolalar joylashtirilgan.

Taqdimotda YeOII doirasidagi integratsion jarayonlarning taʼsirini baholash va batafsil tahlil qilish, xususan, Oʻzbekistonning iqtisodiyot tarmoqlari sharoitida YeOIIga aʼzo boʻlishi mumkin boʻlgan taʼsiri boʻyicha materiallar keltirilgan.

Tahlillar shuni koʻrsatadiki, YeOII zonasida umumiy havo transporti bozorini yaratish 2025 yildan boshlab koʻzda tutilgan. Shu bois, YeOII umumiy havo transporti bozorini yaratish doirasida 2025 yildan boshlab aviatsiya infratuzilmasidan foydalanish uchun teng tarif va shart-sharoitlarni yaratish kerak boʻladi.

Temir yoʻl transportida import yuklarni tashish hajmi 10-15% oshishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Rossiya va Qozogʻiston hududi orqali Oʻzbekistonga tovarlar tranziti uchun yagona tariflarni YeOII mamlakatlariga qoʻllash tufayli yuk tashuvchi konsernlarning transport xarajatlari 221,6 mln.dollarga qisqaradi. Oʻzbekiston tomonidan eksport va import qilinadigan tovarlarning yakuniy tannarxidagi transport komponentining ulushini kamaytiradi.

Qozogʻistondan arzon dizel yoqilgʻisi kirishi imkoniyati paydo boʻlganda, yoqilgʻi narxining 20% gacha pasayishi kutilmoqda, bu esa yuk tashuvchilarga yiliga 20 million dollarni tejashga imkon beradi.

Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo boʻlishi bilan Oʻzbekistonda bogʻdorchilik va qayta ishlangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini oshirishga yordam beradigan chegaralardagi keraksiz talab va toʻsiqlarni bartaraf etish orqali yetkazib berish logistikasini yaxshilaydi, tez buziladigan mahsulotlar uchun savdo va tranzit tartibi soddalashtiriladi.

Yirik shohli va mayda shohli qoramollar, parranda goʻshti va parranda goʻshti ishlab chiqaruvchi korxonalar YeOII mamlakatlaridan arzon va sifatli ozuqa mahsulotlari olish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu ishlab chiqarish tannarxini pasaytiradi va Oʻzbekistonda chorvachilik sanoatining raqobatbardoshligini oshiradi. Yirik shohli va mayda shohli mollarni va goʻsht mahsulotlarni YeOII mamlakatlariga olib kirishga qoʻyilgan taqiqlarning olib tashlanishi ularni Oʻzbekiston bozoriga yetkazib berishni koʻpayishiga olib keladi. Yirik shohli va mayda shohli mollar va goʻsht mahsulotlari importi koʻpayadi, bu esa ichki narxlarning pasayishiga olib keladi.

Uchrashuvda ishtirokchilar Oʻzbekistonning YeOIIga aʼzo boʻlishi haqida savollar berishdi. Markaz mutaxassislari yigʻilish ishtirokchilarining barcha savollariga imkon qadar batafsil javob berdilar, shuningdek, jamoatchilik fikrini yanada oʻrganish uchun soʻrov oʻtkazdilar.

Soʻrovda ishtirok etib, Oʻzbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi haqida oʻz fikringizni quyidagi havola orqali bildirishingiz mumkin:

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ