Bogʻchalar, restoranlar, jamoat transportlari, buyum bozorlari va bir qancha tarmoqlar faoliyatiga ruxsat berilmadi
Barcha toifadagi hududlarda toifasidan qatʼiy nazar ayrim karantin talablari saqlab qolindi. Karantin qoidalarini buzish tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.

Barcha hududlarning toifasidan qatʼiy nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinishi belgilandi:
jamoat joylarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash,

Karantin muddati uzaytirildi va bir qancha xizmat turlariga ruxsat berildi
uch kishidan ortiq yigʻilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanishi;
taʼlim tashkilotlari (bogʻcha, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar), oʻquv kurslari faoliyatini yoʻlga qoʻymaslik;
koʻngilochar obʼyektlar — tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter oʻyinlari markazlari faoliyatiga yoʻl qoʻymaslik;
konsert, teatr, kinoteatr va sport tadbirlarini (professional futbol klublari oʻquv mashgʻulotlari va Oʻzbekiston professional futbol ligasi chempionatlari bundan mustasno) oʻtkazmaslik;
jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;
buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat bermaslik;
dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik doʻkonlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37ºS va undan yuqori boʻlgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini koʻrish;

Viloyatlararo avtobuslar va dam olish maskanlariga qatnovchi avtobuslar uchun ruxsat berildi
barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion "toʻshak"lar bilan taʼminlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini taʼminlash;
qurilish-taʼmirlash ishlarida obʼyektlarning hududi toʻliq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda obʼyektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi. Bunda, ushbu tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga toʻliq rioya qilish, oʻz faoliyatini faqatgina tegishli obʼyekt hududi doirasida tashkil etish.
"Qizil" toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek, "yashil" va "sariq" toifaga kiruvchi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini oʻrnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

