Barcha toifadagi hududlar uchun karantin qoidalarining ayrim talablar saqlab qolindi
Barcha toifadagi hududlarda ommaviy tadbirlar, oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni 10-15 kishidan ortiq fuqarolar bilan oʻtkazish taʼqiqlanadi. Shuningdek, viloyatlar aro cheklovlarga ham yengillik berilgani yoʻq.

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi yigʻilishi bayoniga muvofiq koronavirus tarqalishi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib chiqib, karantin cheklovlari joriy yil 8 mayidan boshlab quyidagi uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma bosqich bekor qilib boriladi.
Barcha toifadagi hududlar uchun quyidagi majburiy talablar saqlab qolinadi:
ijtimoiy masofani (2 metr)ni saqlash, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalardan foydalanishi;
taʼlim tashkilotlari, oʻquv kurslari, koʻngilochar obʼyektlar, buyum bozorlari faoliyati va jamoat transporti harakatini yoʻlga qoʻymaslik;
barcha turdagi ommaviy tadbirlar, oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni (dafn marosimlari 10-15 kishidan koʻp boʻlmagan hollar bundan mustasno) oʻtkazmaslik;
dehqon bozorlari va oziq-ovqat savdo nuqtalarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash, har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37 S va undan yuqori boʻlgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik;
barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan taʼminlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat yuritishini taʼminlash;
qurilish-taʼmirlash ishlarida obʼyektlar hududini toʻliq karantinga olish va ularda sanitariya-gigiyena tadbirlarini amalga oshirib borish.
Yuqoridagilardan tashqari, viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirish boʻyicha belgilangan cheklovlar saqlab qolinadi. Bunda:
doimiy roʻyxatdan oʻtgan holda “qizil” toifaga kiruvchi hududlarda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat tashkilotlarida – ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan tegishli ruxsatnoma asosida) xodimlariga mazkur hududga kirish va chiqishga;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari nobud boʻlishining oldini olish maqsadida aholi talablaridan kelib chiqib, fermer va dehqonlar tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot, poliz va koʻkat mahsulotlarini joylarga yetkazish va sotish maqsadida viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Mazkur qaror bilan mamlakatimizda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yanada yaxshilanib, bu borada ijobiy dinamikani taʼminlash maqsadida “qizil” toifaga kiruvchi hududlarda amaldagi belgilangan karantin cheklovlari saqlab qolinmoqda.
Oʻz navbatida, “qizil” toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek “yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda ushbu qaror bilan ruxsat berilgan faoliyat turlarini oʻrnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

