Ayrim karantin talablari 1 sentyabrga qadar davom etadi
Shaxsiy avtotransport vositalarida viloyatlarga borish uchun karantin cheklovlari 1 sentyabrga qadar qatʼiy tartibda oʻrnatildi.

Quyidagilar joriy yilning 1 sentyabriga qadar uzaytirildi:

xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga berilgan viza muddatlari;
muayyan muddatga vizasiz va elektron viza bilan kirish huquqiga ega xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilib, 2020 yil hisobidan qaytarib olib chiqish muddati tugaydigan xorijiy avtotransport vositalarini respublikamiz hududidan qaytarib olib chiqish muddati.
Shaxsiy avtotransport vositalarining viloyatlararo harakatlanishiga yoʻl qoʻyilmasligi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno) talabi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish belgilandi.
Dehqon bozorlari va aholi gavjum boʻladigan hududlarda karantin talablariga rioya etilishini nazorat qiladigan koʻngilli guruhlar tuzish topshirildi.
Shuningdek, Mamlakatda karantin va undan keyingi davrda fuqarolarning respublika boʻylab sayohat qilishlari yuzasidan vaqtinchalik tartib hamda Karantin davrida sanatoriylar va bolalar yozgi oromgohlarining faoliyatini tashkil etish boʻyicha vaqtinchalik talablar tasdiqlandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

