| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi210 marta oʻqildi

Aylanma sanoat suvini tozalashning yangi texnologiyasi yaratildi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari “Neftni qayta ishlash sanoatining aylanma suvlarini tozalash va yumshatish” texnologiyasini ishlab chiqdilar.

Aylanma sanoat suvini tozalashning yangi texnologiyasi yaratildi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari “Neftni qayta ishlash sanoatining aylanma suvlarini tozalash va yumshatish” texnologiyasini ishlab chiqdilar. Mavjud amaliyotda neftni qayta ishlash zavodlarini sovitish uskunalari ishlab chiqarishda DSTga toʻliq mos kelmaydigan sanoat suvi ishlatiladi. Natijada issiqlik almashinish qurilmalarining ichki yuzalariga qasmoqlar yigʻilib qoladi, bu esa issiqlik almashinish jarayonlarining yomonlashishiga olib keladi. Shu sababli, sovitish va aylanma suvlarini tayyorlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega. Suvni tejash dolzarb muammoga aylanib borayotgan bir paytda, suv resurslarini boshqarishning yopiq tizimlari talab qilinmoqda. Olimlar tomonidan yaratilgan yangi texnologiya “Neftni qayta ishlash sanoatining aylanma suvini tozalash va yumshatish” issiqlik almashinuvi uskunalarining ishlash muddatini koʻpaytirishga, texnologik jarayonlar uchun texnologik suvni tejashga va sovitish jarayonlarining samaradorligini oshirishga olib keladi. Bundan tashqari, ushbu texnologiyadan foydalanish atrof-muhitni muhofaza qilishga hissa qoʻshadi, chunki harorat bir necha darajaga koʻtarilgan suvni oqizmaydi, bu tabiiy suv omborlarining flora va faunasiga zararli taʼsir koʻrsatadi. Olimlar taklif qilgan yangi texnologiyalardan foydalanish bilan bogʻliq holda maʼlum bir ekologik va iqtisodiy samaraga erishiladi. Ushbu yangi texnologiya yordamida olingan natijalar issiqlik almashinuvi quvurlarining ichki yuzasida qasmoqlarning toʻplanishini bartaraf qiladi, issiqlik almashinuvi jarayonini yaxshilaydi va ularni tozalash muammosini hal qiladi. Manba: OʻzA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ