| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Mulohaza10 daqiqada oʻqiladi112 marta oʻqildi

Aviatsiya sohasidagi islohotlar kutilgan natijalarni beradimi? Ekspertlar fikri

Aviakompaniyalarning Oʻzbekiston aviabozoriga kirib kelishini erkinlashuvi va uning arzon segmentini rivojlantirish istiqbolida – qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini tashish hajmlarini oshirish hamdir, deydi Ukraina Davlat aviatsiya xizmatining sobiq rahbari Denis Antonyuk.

Aviatsiya sohasidagi islohotlar kutilgan natijalarni beradimi? Ekspertlar fikri

Soʻnggi uch yilda Oʻzbekistonda fuqaro aviatsiyasi tizimida katta islohotlar amalga oshirilmoqda, ulardan maqsad – aviatsiya bozorini liberallashtirish va raqobatni rivojlantirishdan iborat.

Ushbu yoʻnalishdagi asosiy davlat hujjatlaridan biri 2018 yil noyabr oyida qabul qilindi – davlat rahbari “Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Ushbu hujjat “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy avia kompaniyasini toʻrtta bir-biridan mustaqil aviakompaniyalarga boʻlish orqali fuqarolik aviatashuvlari sohasini demonopolizatsiya qilishni nazarda tutadi:

  • “Uzbekistan Airways” AJ (aviatashish xizmatlari),

  • “Uzbekistan Airports” AJ (aeroportlarni boshqarish),

  • “Oʻzaeronavigatsiya” (navigatsiya xizmatlarini koʻrsatish),

  • “Uzbekistan Nelicopters” MChJ (vertolyot biznesini rivojlantirish).

Oradan deyarli bir yil oʻtgach, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK qayta tashkil etilishi natijasida “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” biri biridan mustaqil kompaniyalar tuzildi.

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo birgalikda mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani qoʻllab-quvvatlaydi

Milliy aviatsiya sanoatini isloh qilish dasturi doirasida joriy yilning yanvar oyida davlat ishtirokida yangi Humo Air aviakompaniyasi tashkil etilgani haqida xabar berildi. Ushbu aviakompaniya uzoq boʻlmagan yoʻnalishlarga (jumladan ichki reyslarga) parvozlarni amalga oshirishi va nisbatan past narxlarni taklif qilishi kutilmoqda.

Biroq “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKdagi islohotlar va arzon narxlarda xizmat koʻrsatuvchi yangi aviakompaniyalar tashkil etish aviatsiya tarmogʻi sohasidagi islohotlarning tarkibiy qismlaridan biridir.

Yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek, ushbu islohotlarning pirovard maqsadi aviatsiya bozorini liberallashtirish va unda raqobatni rivojlantirishdir. Bu aviakompaniyalar bozorida ishlashni istovchilar (jumladan, xorijiy aviakompaniyalar) uchun aviatsiya bozorini ochish va unda raqobat muhitini yaratishni anglatadi. Aviatsiya bozorining rivojlanishi ushbu bozorda taqdim etilayotgan xizmatlar narxi va sifati boʻyicha “qimmat”, “oʻrta” va “arzon” segmentlarni shakllanishiga olib keladi. Respublika aholisining toʻlov qobiliyati, migratsiya oqimlari va mamlakatda (tashqi va ichki) turizmni rivojlantirish istiqbollariga asoslanib, Oʻzbekiston aviatsiya bozorida arzon narxlarda xizmat koʻrsatadigan (loukost) aviakompaniyalar segmentining paydo boʻlishi alohida ahamiyatga ega. Loukost aviakompaniyalar bozorining rivojlanishi nafaqat sayyohlar oqimining koʻpayishiga, balki qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportining oʻsishiga, yangi bozorlarni egallash va ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishiga ham ijobiy hissa qoʻshadi. Boshqacha aytganda, bu iqtisodiyotning bir necha sohalarini rivojlanishiga yordam beradi.

UzAnalytics sayti aviatsiya sohasida ekspert bilan hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xalqaro savdosi boʻyicha mutaxassislar ishtirokida Oʻzbekistonda loukosterlar bozorini rivojlantirishning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati haqida suhbatlashdi.

Oʻzbekistonda fuqaro aviatsiyasi bozorini erkinlashtirish, xususan, loukosterlar bozorini rivojlanishi iqtisodiyotning qaysi sohalariga bevosita va qay tarzda taʼsir koʻrsatadi, deb oʻylaysiz?

Denis Antonyuk, Ukraina Davlat aviatsiya xizmatining sobiq rahbari:

Bundan asosiy foyda, shubhasiz, turizm sohasidadir, zero arzon transport turizmni rivojlantirishning zarur va muhim shartidir. Yuqori narxda taklif etilayotgan aviachiptalar sayyohlik oqimining rivojida toʻsiqlardan biridir. Bundan tashqari, fuqaro aviatsiyasi bozorida loukost aviakompaniyalar bozorini rivojlanmagani parvozlar geografiyasini ham cheklaydi, masalan, biz yaqin kelajakda ochilishi mumkin boʻlgan 4-5 ta yoʻnalishni sanashimiz mumkin. Shuni anglash kerakki, har bir yangi aviareys mahalliy sayyohlik biznesi mavqeini mustahkamlaydi. MICE turizm (tadbir, konferensiya va uchrashuvlar) turizmning ajralmas qismidir. Arzon va rivojlangan havo xizmati boʻlmas ekan, turizmning bu turi rivojlanmaydi.

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sektoriga yordam koʻrsatish uchun 40 million yevro ajratdi

Agar hozir Oʻzbekistonda boʻlganidek bir qator yoʻnalishlar boʻyicha reyslar soni haftasiga bir martadan oshmasa, biznes-turistlar oqimini koʻpaytirishni iloji yoʻq. Shu bilan birga, Oʻzbekistonda MICE turizmining imkoniyatlari juda katta, deb hisoblayman. Boz ustiga, aytish kerakki, har qanday biznes Oʻzbekiston bilan aloqa oʻrnataman desa, transport sohasida jiddiy muammoga duch keladi: muzokaralar uchun dunyoning istalgan nuqtasidan Toshkentga tez fursatda yetib kelishning faqat ikkita yoʻli mavjud – Istanbul yoki Moskva orqali. Agar toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar soni koʻpaysa, tadbirkorlar keyingi reysni kutishmaydi. Aytmoqchimanki, fuqaro aviatsiyasi bozorini liberallashtirish mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda ham muhim rol oʻynaydi.

Aviakompaniyalarning Oʻzbekiston aviabozoriga kirib kelishini erkinlashuvi va uning arzon segmentini rivojlantirish istiqbolida – qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini tashish hajmlarini oshirish hamdir. Jumladan, tez buziladigan mahsulotlarni tashish boʻyicha arzon takliflar paydo boʻlganda, Oʻzbekiston Yevropa va Osiyo bozorlarida meva-sabzavotlarning manfaatli segmentida oʻz oʻrnini egallashi yoki bundagi ishtirokini koʻpaytirishi (kengaytirishi) mumkin. Bugungi kunda koʻkatlar, pomidor va gilos kabilarni aviatransport yordamida eksport qilish qimmatga tushadi va oʻzini oqlamaydi.

Oʻzbekistonda loukosterlar bozorini rivojlantirish istiqbollarini qanday baholaysiz?

Denis Antonyuk: Dunyoning arzon narxda aviatashuvchilarini asosiy mijozlari bu sayyohlar va mehnat muhojirlaridir. Yevropa mamlakatlari tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, turistik oqimlar mavjud hudular (viza toʻsiqlari bilan cheklanmagan) va mehnat muhojirlarining katta oqimi harakatlanayotgan maskanlarda arzon narxda xizmat koʻrsatuvchi tashuvchilarning ishi rivoj topadi. Tan olish kerakki, bunday muammo bor – yaʼni, koʻplab sayyohlar manbasi sifatida Oʻzbekiston uchun qiziqarli boʻlgan davlatlardan Oʻzbekistonga parvoz 3 soatdan koʻproq vaqtni tashkil qiladi. Loukost aviakompaniyalar esa parvoz 1 soatdan 3 soatgacha boʻlgan yoʻnalishlardan manfaatdordirlar. Bundan tashqari, aholining nisbatan past (yoki yuqori boʻlmagan) toʻlov qobiliyati muammosi ham mavjud. Biroq, mening fikrimcha, arzon narxlarda transport qatnovini amalga oshiradigan aviakompaniyalar (masalan, Ryanair yoki Wizz Air), oʻzbek aviabozorida yiliga qoʻshimcha 3-4 million yoʻlovchini qamrab olishlari mumkin. Shu bilan birga, yoʻlovchilar uchun parvozlar narxi ancha pasayishi mumkin. Oʻzbekiston geografiyasini hisobga olib, nazarimda, Toshkent aeroportini markaziy “xab” sifatida qoldirib, arzon narxlardagi parvozlarni Samarqand va Fargʻona vodiysi aeroportlarida rivojlantirish maqsadga muvofiq boʻlar edi.

Fuqaro aviatsiyasi bozorining ushbu arzon segmentini rivojlantirishda qanday muammolar mavjud?

Denis Antonyuk: Gap shundaki, tarkibiy chuqur islohotlarsiz “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi ochiq raqobatga bardosh bera olmasligi mumkin. Buni soha mutaxasislari yaxshi tushunishadi. Shu bilan birga, ishonchim komilki, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi mintaqada yetakchilikni qoʻlga kiritish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Shuningdek, aminmanki, bir tomondan bozorni jiddiy liberallashuvini boshlash, ikkinchi tomondan, “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ni kuchli, zamonaviy va raqobatbardosh aviatashuvchiga aylantirish imkonini beradigan maqsadli yechimlar mavjud. Menimcha, ayni paytda Oʻzbekiston aviatsiya bozorini ochishning zarur boʻlgan asosiy sharti va buni amalga oshirish uchun ikkita muhim maqsadni aniqlab olish lozim. Birinchidan, havo transporti bozorini ochish kerak, yaʼni, boshqa aviakompaniyalarga teng imkoniyatlar berish va yangi mahalliy aviakompaniyalarni tashkil qilishda muhit yaratish lozim. Ikkinchidan, “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ni isloh qilishni davom etish va buning uchun zarur bozor sharoitlarini taʼminlash zarur. Uning biznes jarayonlarini takomillashtirish va fuqarolik aviatsiyasini rivojlantirish davlat strategiyasini ishlab chiqishda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” kompaniyasining manfaatlarini hisobga olish lozim. Faqat shu ikki jixat bilan hammasini toʻgʻri yoʻlga solish mumkin. Shu bois, yuqoridagi shartlarni bajarmasdan yoki hisobga olmagan holda Oʻzbekiston aviatsiya bozorini tezkorlik bilan toʻliq liberallashtirish “Oʻzbekiston havo yoʻllari” faoliyatida jiddiy muammolar tugʻdirishi mumkin. Bunga yoʻl qoʻymaslik kerak, aksincha, yuqorida taʼkidlaganimdek, bu aviakompaniyani mintaqada yetakchi aviakompaniyaga aylantirish imkoniyatlari toʻliq mavjud, deb hisoblayman.

Meva va koʻkatlar eksportida aviatransport – xalqaro savdoning istiqbolimi?

Joriy yilning yanvar oyida East Fruit veb-saytida eʼlon qilingan “Meva, rezavor meva va koʻkatlar uchun aviatransport – xalqaro savdoning istiqbolimi yoki boshi berk koʻchasimi?” (“Aviatransport dlya yagod, zeleni i fruktov – perspektiva ili tupik mejdunarodnoy torgovli?”) nomli maqolada BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining (FAO) investitsiya markazi iqtisodchisi Andrey Yarmak qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilishda aviatransportdan foydalanish istiqbollari va bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:

2008 yildagi global moliyaviy inqiroz qiziqarli natijaga olib keldi, yaʼni bu aviatashuvlar tarmogʻining rivojlanishiga yordam berdi. Ushbu inqirozdan oldin boshlangan bu jarayon sezilarli darajada tezlashdi. Koʻpgina davlatlarda rentabelligi past boʻlgan aviakompaniyalarga qoʻshimcha subsidiyalar ajratilmaganligi xususiy aviakompaniyalarning, jumladan arzon narxlarda xizmat koʻrsatuvchi aviakompaniyalarning jadal rivojlanishiga olib keldi. Oʻz navbatida, bu parvozlar geografiyasini kengaytirdi va koʻplab aeroportlar faoliyatini jonlantirdi. Bularning barchasi aviatransportda yuk tashish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirdi.

Aviatransport yordamida yuk tashish narxining pasayishi soʻnggi 10 yil ichida mevachilik sanoatining jadal rivojlanishiga sabab boʻldi. Agar 2008 yilda rezavor mevalar qishda faqat Yevropaning eng qimmat doʻkonlari peshtaxtasidan joy olgan boʻlsa, transport aviatsiyasining rivojlanishi natijasida Yevropa Ittifoqi davlatlari supermarketlarida rezavor mevalar narxi qishda ham, yozda ham unchalik katta boʻlmagan farq bilan sotila boshlandi, hattoki arzon supermarketlarda ham.

Bundan tashqari, Yevropa davlatlarida koʻkatlar aksariyat isteʼmolchilar uchun olma singari odatiy kundalik mahsulotga aylandi. Shunga oʻxshash holat koʻplab ekzotik mevalar bilan ham kuzatildi. Yevropa Ittifoqi, AQSh va Yaqin Sharq mamlakatlarida koʻkatlar Keniya va Efiopiyadan har kuni aviatransport orqali keltirib, sotila boshlandi.

Aviatransport orqali qanday mahsulotlarni yetkazib berish iqtisodiy jihatdan manfaatlimi?

Avvalambor, mahsulotning ulgurji narxiga eʼtibor berishni maslahat beraman. Agar tovarlarning ulgurji narxi qaysidir bozorda 1 kg uchun 5-6 dollardan yuqori boʻlsa (demak, chakana narx $10 dan past emas) – nazariy jihatdan uni eksport qilishda yo manziliga yetkazib berishda aviatransportdan foydalanish mumkin. Mahsulotning narxi qancha yuqori boʻlsa, uni aviatransport yordamida yetkazib berish imkoniyati shunchalik yuqori boʻladi. Bunga organik mahsulotlar, shuningdek, rezavor mevalar yetkazib berish hajmining oʻsishi yaqqol misol boʻla oladi.

Odatda, yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini aviatransport orqali eksport qiladigan mamlakatlarda bu ish yaxshi tashkil qilingan logistika orqali amalga oshiriladi, jumladan bojxona “yashil yoʻlak”lari, sifatli yoʻllar, aeroportlardagi hajmli sovutkichlar, mahsulotni bortga yetkazib berishning qulay logistikasi va boshqalar. Albatta, fermerlar qanday transport turlaridan foydalanish va qanday qilib mahsulotni urintirmay yetkazib berish sirlarini yaxshi bilishlari lozim.

Gollandiya, AQSh, Chili, Peru, Meksika, Turkiya, Keniya, Efiopiya, Ispaniya va boshqa davlatlar tomonidan tez buziluvchi mahsulotlarni havo transporti orqali yetkazib berish amaliyoti yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida Oʻzbekiston bunday logistika sohasini rivojlantirish maqsadlari sari qadam qoʻymoqda. Tojikistonda ham havo transporti orqali eksport qilish infratuzilmasiga sarmoyalar kiritish harakatlari bor. Biroq, ushbu mamlakatlarning asosiy muammosi yoʻlovchilar oqimining tor jugʻrofiyasidir. Dastlabki bosqichda, tez buziladigan mahsulotlar eksportini ushbu yuklarni yoʻlovchi samolyotlarining yuk boʻlinmalariga joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Bunda, agar parvoz bilvosita boʻlsa, mazkur mahsulotlar yetib borgunicha ularning buzulish ehtimoli ancha yuqori. Shunga koʻra, agar rezavor mevalar eksporti haqida gapiradigan boʻlsak, unda biz faqat toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarga eʼtibor qaratishimiz kerak.

Tez buziladigan mahsulotlarni tashishda havo transportidan foydalanish istiqbollariga kelsak, hozircha ushbu sanoat yaxshi rivojlanmoqda, sababi yangi uzilgan meva va rezavorlarning isteʼmolchilari faqatgina AQSh va Yevropa bilan cheklanmagan. Bu borada Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharqdagi isteʼmolchilar ham havo transportini afzal koʻrmoqdalar, chunki mahsulotlar yangi uzilgandek yetkaziladi. Ular qadoq yoki narx yorligʻida odatda gʻurur bilan “airfreighted” deb qayd etib qoʻyadilar. Bu mahsulotning oʻziga xos reklamasi hamdir. Shuningdek, AQSh va Yevropaga ham bunday joʻnatmalar koʻpaymoqda. Ammo, AQSh va Yevropa bozorlarida bitta muhim jihatni inobatga olish lozim boʻladi – ularning aksariyat isteʼmolchilari sotib olinayotgan mahsulotning ishlab chiqarish va yetkazib berish texnologiyalariga katta eʼtibor bilan qarashadi. Ijtimoiy va ekologik isteʼmol masʼuliyati kuchli trendga aylanmoqda. Unga koʻra, bunday isteʼmolchilar nazarida aviatransport orqali yetkazib beriladigan tovarlar kamroq ahamiyatga ega va ayrim isteʼmolchilar ularni sotib olishdan umuman bosh tortmoqda. Garchi ushbu segment isteʼmol bozorida hali hal qiluvchi omil darajasiga yetmagan boʻlsada, u doimiy ravishda oʻsib bormoqda. Shu sabab ishlab chiqaruvchilar, bogʻdorchilik savdosi vakillari va chakana savdo tarmoqlari ushbu segmentga eʼtibor qaratishmoqda. Xususan, ayrim supermarketlar tarmogʻi isteʼmolchilar sotib olish yoki sotib olmaslikni oʻzlari hal qilishlari uchun mahsulot havo orqali yetkazib berilgan boʻlsa, bu haqidagi maʼlumot kiritilgan yorliqlarni majburiy ravishda mahsulotga tirkab qoʻyish amaliyotini qoʻllamoqdalar. Muxtasar aytganda, Osiyoda reklama deb qaralgan harakat, AQSh va Yevropada anti-reklama boʻlishi mumkin.

Yaqin orada Yevropa mamlakatlarida organik dehqonchilik qoidalariga koʻra mahsulotlarni havo orqali yetkazib berish taqiqlanishi va mahsulot yetkazib beriladigan masofa cheklanishi ehtimoli ham mavjud.

Andrey Yarmak quyidagilarni qoʻshimcha qildi:

Koronavirus dunyo boʻylab mavjud samolyotlarning 80 foizidan koʻprogʻiga “qoʻnib turishga” majbur qildi va ayni paytda, bunday sharoitda arzon xizmat koʻrsatuvchi aviakompaniyalar bozorini rivojlantirishni katta savol ostida qoldirdi. Ushbu inqiroz bartaraf etilmaguncha, arzon narxlardagi aviakompaniyalar bozorining rivojlanish istiqbollari haqida biron narsa aytish qiyin. Hozircha ushbu vaziyatda qancha aviakompaniyalar omon qolishi ham aniq emas.

Agar biz koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yaqin orada yaxshilanadi, iqtisodiy inqiroz uzoq davom etmaydi deb hisoblasak va loukoster aviakompaniyalarning koʻplab reyslari Oʻzbekistonda tashkil qilinsa, bu faqat nisbatan yuqori narxdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti hajmining oʻsishiga yordam beradi. Masalan, chakana savdoda narxi 1 kg uchun 4-5 dollardan arzon boʻlmagan mahsulotlar uchun. Umuman olganda, bu tez buziladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini rivojlantirishga yordam beradi, lekin bu yerda transport aviatsiyasini rivojlantirish va bu bilan bogʻliq logistika amaliyotlarini joriy qilish masalalarini oʻylab koʻrish lozim.

Rustam Qayumov, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotini (FAO) dasturli mutaxassisi:

Maʼlumki, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini havo transporti orqali yetkazib berish tannarxi bir qator omillarga bogʻliq. Arzon narxlarda xizmat koʻrsatuvchi aviakompaniyalar tomonidan logistika xarajatlari va yetkazib berish muddatlari xizmatlar va uskunalarning tegishli sifat standartlari mavjudligi nuqtai nazaridan asoslanishi kerak. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportida loukosterlardan foydalanish istiqboli Oʻzbekistondagi hududlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashish va taqsimlash infratuzilmasining yaxshilanishi bilan bogʻliqdir. Buning uchun kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish, yuklarni sugʻurtalash, joylarda yuklarni tushirish/ortish, yoʻlda yuklar holatini kuzatish va boshqa shu kabi tizim yaratilishi kerak. Bundan tashqari, loukosterlar tez buziladigan mahsulotlarni tashish uchun maxsus belgilangan harorat rejimiga ega zamonaviy konteynerlar kabi professional uskunalar va texnikalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.

Bundan tashqari, loukosterlar tez buziladigan mahsulotlarni tashish uchun maxsus belgilangan harorat rejimiga ega zamonaviy konteynerlar kabi professional uskunalar va texnikalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.

Fikrimcha, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini oshirish uchun loukosterlar bozorini rivojlantirish quyidagilarni nazarda tutadi:

  • tegishli qonunlarga oʻzgartirishlar kiritish, xususan, Havo kodeksiga yangi tartib-qoidalarni kiritish, jumladan “foydalanish xarajatlari nisbatan kam boʻlgan aviakompaniya” tushunchasiga aniqlik kiritish;

  • aeroportlarda arzon narxda xizmat koʻrsatuvchi aviakompaniya faoliyatini toʻliq avtomatlashtirish;

  • komission agentlar va bronlash tizimlariga toʻlovlarni kamaytirish maqsadida arzon narxlardagi aviakompaniyalar xizmatlarini raqamlashtirish;

  • aeroportlarda loukosterlarni maʼlum muddatga QQS toʻlovidan ozod qilish;

  • hukumat loukoster bozori pullik xizmatlar sonining koʻpayishi orqali emas, balki narxlar pasayishi va taqdim etilayotgan xizmatlarni avtomatlashtirish orqali rivojlanishi mumkinligini anglab yetishi lozim.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ