| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Trendlar2 daqiqada oʻqiladi54 marta oʻqildi

Avgust oyida inflyasiya darajasi 0,5% darajasida boʻlishi kutilmoqda

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, avgust oyida oziq-ovqat mahsulotlari 0,3 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,8 foizga, aholiga pullik xizmatlar bir oy ichida 0,4 foizga qimmatlashdi.

Avgust oyida inflyasiya darajasi 0,5% darajasida boʻlishi kutilmoqda

Davlat statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, avgust oyida ikki oylik deflyasiyadan soʻng tovarlar va xizmatlar narxlarining oʻrtacha darajasi 0,5 %ga oʻsishi kutilmoqda. Joriy yil boshidan buyon narxlarning oʻsishi 4,8% ni tashkil etadi (2019 yil yanvar-avgust - 8,2%). Shu bilan birga, birinchi marta inflyasiya yillik koʻrsatkichda (2019 yil avgustdan 2020 yil avgustgacha) 11,6 %gacha (joriy yilning iyul oyida 14,3 foiz) pasayganligini taʼkidlash lozim.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra:

1.Joriy yilning avgust oyida oziq-ovqat mahsulotlari 0,3% ga qimmatlashdi

Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻsishining asosiy omili sabzavot (7%), goʻsht (1,9%) va yogʻ (1,4%) mahsulotlari, shuningdek, umumiy ovqatlanish (1,3%) narxlarining oʻsishi boʻldi. Bunga oʻz navbatida karantin cheklovlarining bekor qilinishi, aholining zaif qatlamlariga ijtimoiy yordam koʻrsatishning oqibatida talabning oʻsishi sabab boʻlishi mumkin.

1-rasm. 2020 yil avgust oyi uchun viloyatlarda sabzavot narxlarining indeksi, (%)

Goʻsht mahsulotlarining narxi 1,9% ga, yogʻ mahsulotlari 1,4% ga oʻsdi.

2-rasm. 2020 yil avgust oyi uchun turli xil goʻsht turlarining narxlari indeksi, (%)

Meva va sabzavotlar narxlarining mavsumiy pasayishi davom etdi (2,9%). Xususan, meva narxi 7,6 foizga, kartoshka 1,7 foizga arzonlashdi. Qovun va tarvuz (-26%), uzum (-22%), olma (-18%), nok (-12%), pomidor (-11%) va bulgʻor qalampiri (-10%) narxlari ancha pasaygan.

3-rasm. 2020 yil avgust oyi uchun viloyatlarda mevalar narxlari indeksi, (%)

2.Bir oy davomida nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foizga oʻsdi

Investitsiya faolligining oshishi, qurilish va taʼmirlash ishlari hajmining oʻsishi asosiy qurilish materiallari narxlariga (3,9%) taʼsir qildi. Sementning chakana narxi + 17% ga oʻsdi. Avtomobillar uchun yoqilgʻi narxi + 2% ga koʻtarildi.

Maʼlumot uchun: joriy yilning 24 iyulidan 24 avgustigacha sementning birja narxi bir tonna uchun 845,5 ming soʻmdan 729 ming soʻmgacha pasaydi (-14%), bu joriy yilning sentyabr oyida inflyasiya darajasiga chek qoʻyadi.

  1. Aholiga pullik xizmatlar bir oy ichida + 0,4 foizga qimmatlashdi

Aholiga maishiy xizmatlar + 0,8%ga, yoʻlovchi transporti xizmatlari + 1,34% ga oʻsdi. Havo transporti deyarli + 7 % qimmatlashdi.

Viloyatlar kesimida narxlarning sezilarli darajada oʻsishi Toshkent (0,8%), Navoiy viloyati (0,7%), shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent viloyatida (0,6%) qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ