| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Mulohaza2 daqiqada oʻqiladi332 marta oʻqildi

Yangi Oʻzbekistonning yangi imkoniyatlari: iqtisodiy integratsiyalashuvning istiqbollari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev oʻzining Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizning xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlardagi ishtirokini kuchaytirishning ahamiyati xususida alohida toʻxtalib oʻtdilar.

Yangi Oʻzbekistonning yangi imkoniyatlari: iqtisodiy integratsiyalashuvning istiqbollari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev oʻzining Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizning xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlardagi ishtirokini kuchaytirishning ahamiyati xususida alohida toʻxtalib oʻtdilar.

Jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon ishlab chiqarish tizimiga, dunyo bozori talablariga va iqtisodiy integratsiya jarayonlariga hamohang boʻlishi mahsulotlar sifatini oshirishi, tannarxini pasaytirishi, ishlab chiqaruvchilarni yangi texnologiyalarni joriy etishga majbur qilishi va bozor islohotlarini jadal rivojlantirishga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, mamlakatimizdan tashqi savdoga yuklarni chiqarishda, tayyor mahsulotlarni eksport qilish salmogʻini oshirishda ham integratsiyalashuvning ahamiyati katta ekanligi Murojaatnomada qayd etildi.

Tahlillar mamlakatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) aʼzo mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlari barqaror oʻsish xususiyatiga ega ekanligini va mazkur munosabatlarning salmogʻi integratsion jarayonlarning chuqurlashuvi bilan yanada kuchayishini koʻrsatmoqda:

- keyingi ikki yilning oʻzida mamlakatimizning Ittifoqqa aʼzo davlatlar bilan savdo aylanmasi 52 foizga ortgan;

- tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning 80 foizi Ittifoq mamlakatlari hududidagi tranzit yoʻlaklari orqali oʻtmoqda;

- integratsiyani kuchaytirish orqali notarif toʻsiqlarni bartaraf etilishi – mamlakatimiz YaIMning 1,5 foizi miqdorida makroiqtisodiy samara keltiradi;

- mamlakatimizning Ittifoq umumiy elektroenergetik tizimiga ulanishi oqibatida oʻzaro elektroenergiya savdosi 2,5 barobarga, energiya ishlab chiqarish quvvati 7 foizga ortib, energotizim va energotaʼminotning barqarorligi oshadi;

- Ittifoq doirasida joriy etilayotgan kosmos, meditsina, ekologiya, raqamli texnologiyalar, qishloq xoʻjaligi sohalaridagi 130 dan ortiq loyihalarda mamlakatimizning toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirokiga imkoniyat yaratiladi;

- mamlakatimizga yil davomida kelayotgan xorijiy sayyohlarning 70 foizini (3,7 mln. kishi) YeOIIga aʼzo davlatlarning fuqarolari tashkil etmoqda va integratsiyalashuvning chuqurlashishi ortidan mazkur koʻrsatkichni barobarlarga oshirish imkoniyati tugʻiladi;

- hozirda YeOIIga aʼzo davlatlarda 25 mingdan ortiq mamlakatimiz talabalari taʼlim olayotgan boʻlsa, integratsiyalashuvning kuchayishi ortidan taʼlim hujjatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinishi natijasida, ular sonini bir necha barobarga orttirish, shuningdek ilm-fan va taʼlim yoʻnalishlarida hamkorlikdagi qator ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarni amalga oshirish, qoʻshma ilmiy laboratoriyalar va innovatsion ishlanmalar yaratish mumkin boʻladi.

Qayd etilgan holatlar mamlakatimizning xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlardagi ishtirokini kuchaytirish masalasini atroflicha keng muhokama qilishni, mutaxassislardan esa – tahliliy va kompleks baholash natijalari asosida aniq asoslangan xulosa va takliflar taqdim etishlarini talab etmoqda.

O.O.Olimjonov

iqtisod fanlari doktori, professor

A.O.Iminov

Marshall nomidagi Xalqaro kiberxavfsizlik maktabi bitiruvchisi (Germaniya)

Infografika: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasining asosiy yoʻnalishlari

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ