| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi1 503 marta oʻqildi

Amerikaning CNBC telekanali Oʻzbekiston haqidagi 6 ta filmni efirga uzatmoqda

Joriy yilning 8 dekabridan boshlab, AQShning SNBC («Consumer News and Business Channel») telekanali Oʻzbekistonga bagʻishlangan oltita filmni efirga uzatishni boshladi.

Amerikaning CNBC telekanali Oʻzbekiston haqidagi 6 ta filmni efirga uzatmoqda

Joriy yilning 8 dekabridan boshlab, AQShning SNBC («Consumer News and Business Channel») telekanali Oʻzbekistonga bagʻishlangan oltita filmni efirga uzatishni boshladi.

Mazkur hujjatli filmlarda yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, soʻnggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda roʻy berayotgan oʻzgarishlar taniqli xorijiy jurnalistlar talqinida namoyish qilinmoqda. Mazkur filmlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi munosabatlardagi ijobiy oʻzgarishlar ham oʻz aksini topgan. Filmlar amerikalik mashhur jurnalist va teleboshlovchi Rayan Chilkot tomonidan suratga olingan. U ushbu filmlarni yaratish uchun Oʻzbekiston va Afgʻonistonga bir necha bor tashrif buyurgan.

Yana uchta film Buyuk Britaniyaning Imotus kinokompaniyasi tomonidan SNBC telekompaniyasi buyurtmasiga asosan suratga olingan.

«Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bilan hamkorlikda yaratilgan ushbu filmlar xalqaro hamjamiyatni Oʻzbekistonda yuz berayotgan yangilanishlar jarayoni bilan tanishtirishga, shuningdek Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan keng koʻlamli siyosiy jarayonlar bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega”, - deydi ijodiy hamkorlardan biri – Belgrave Europe kompaniyasi xalqaro aloqalar boʻyicha mutaxassisi Fred Xarrison.

“Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida dunyoning turli hududlaridan xorijiy jurnalistlar, kinematograflar kelayotgani quvonarli hol, - deydi “Oʻzbekkino” Milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov. – biz har doim bunday tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaymiz va ularga qoʻlimizdan kelgunicha yordam beramiz”.

Eslatib oʻtamiz, CNBC telekanalida Oʻzbekiston haqidagi filmlar Amerika vaqti bilan shanba va yakshanba kunlari (14,15, 21, 22, 28 dekabr) 21:15 da, dushanba kunlari (16, 23 dekabr) 23:30 da namoyish qilinadi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ