| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi91 marta oʻqildi

Affinaj faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilandi

Affinaj faoliyati qimmatbaho metallarni qayta ishlash va ajratib olish, ularni qaytarib bermaslik yoki affinaj qilingan holda qaytarib berish xizmatlarini oʻz ichiga oladi.

Affinaj faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilandi

“Affinaj faoliyatini litsenziyalashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 15 martdan affinaj faoliyati Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi beradigan litsenziya asosida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya faqat davlat xizmatlari markazlari (DXM) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) tomonidan beriladi.

Qaror bilan Affinaj faoliyatini litsenziyalashni tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya 10 yil muddatga keyinchalik uzaytirish imkoni bilan beriladi.

Affinaj faoliyati qimmatbaho metallarni qayta ishlash va ajratib olish, ularni qaytarib bermaslik yoki affinaj qilingan holda qaytarib berish xizmatlarini oʻz ichiga oladi.

Talabgor DXMlarga oʻzi borib yoki YaIDXP orqali belgilangan shakldagi litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etadi.

Litsenziyalovchi organ taqdim etish usulidan qatʼiy nazar ariza qabul qilingan sanadan oshmaydigan quyidagi muddatlarda litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:

  • litsenziya berish uchun – 5 ish kuni;

  • litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, uni qayta rasmiylashtirish uchun – 2 ish kuni;

  • faoliyatni oʻz ixtiyori bilan toʻxtatish uchun – 8 ish soati.

Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 5 baravari (1 115 000 soʻm) miqdorida yigʻim va shuncha miqdorda davlat boji undiriladi (ariza YaIDXP orqali yuborilganda yigʻim va davlat boji belgilangan summaning 90 foizi (1 003 500 soʻm) miqdorida undiriladi).

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ