| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
COVID-191 daqiqada oʻqiladi76 marta oʻqildi

28 may kuni Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlarning 21 nafari aholi orasidan aniqlandi

28 may kuni mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 75 holatning 21 nafari aholi orasidan aniqlangan. Kasallik holatlari Toshkent shahri, Samarqand viloyati va Toshkent viloyatida qayd etilgan.

28 may kuni Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlarning 21 nafari aholi orasidan aniqlandi

28 may kuni mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 75 holatning 48 nafari Karantin markazidan, 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 21 nafari (Toshkent shahri 16, Samarqand viloyati 4, Toshkent viloyati 1) esa aholi orasidan aniqlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kun davomida 26 nafar bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Ayni paytgacha kasallikka chalingan 3444 nafar bemordan 2694 nafari butunlay sogʻayib, davolanish darajasi 78 foizni tashkil etmoqda. 736 nafar bemor yurtimizning 7 hududidagi davolash muassasalarida davolanishmoqda.

28 may kuni mamlakatimizda uy karantiniga 1166 nafar fuqaro olinib, 1284 nafar fuqaro chiqarildi. Statsionar karantinga esa 1532 nafar fuqaro olinib, 935 nafar fuqaro oʻz uyiga kuzatildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ