| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi180 marta oʻqildi

Ziroat Mirziyoyeva Sardoba voqeasidan jabr koʻrgan aholi bilan uchrashdi

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Sardoba voqeasidan jabr koʻrib, boshqa hududlarga evakuatsiya qilingan aholi holidan xabar oldi.

Ziroat Mirziyoyeva Sardoba voqeasidan jabr koʻrgan aholi bilan uchrashdi

21 may kuni "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Sardoba suv ombori fojiasi natijasida uylari suv ostida qolib, boshqa hududlarga evakuatsiya qilingan aholi holidan xabar olib, ular bilan suhbatlashdi. Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram kanali orqali maʼlum qildi.

“Zamin” fondi tomonidan boshlangan ijtimoiy aksiyaga koʻra, falokatidan jabr koʻrgan barcha yoshi ulugʻlarga sanatoriylar uchun, bolalarga esa yozgi oromgohlar uchun bepul yoʻllanma beriladigan boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fond oʻz faoliyatini 5 ming ayolga moddiy yordam berishdan boshladi. "Zamin" fondi faoliyati uzoq muddatli, strategik ahamiyatga ega va barqaror loyihalarga qaratilgan.

Fotogalereya 4

  • Ziroat Mirziyoyeva Sardoba voqeasidan jabr koʻrgan aholi bilan uchrashdi — 1-surat, jami 4 ta
  • Ziroat Mirziyoyeva Sardoba voqeasidan jabr koʻrgan aholi bilan uchrashdi — 2-surat, jami 4 ta
  • Ziroat Mirziyoyeva Sardoba voqeasidan jabr koʻrgan aholi bilan uchrashdi — 3-surat, jami 4 ta
  • Ziroat Mirziyoyeva Sardoba voqeasidan jabr koʻrgan aholi bilan uchrashdi — 4-surat, jami 4 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ