| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi193 marta oʻqildi

Ziroat Mirziyoyeva: Nogironligi bor bolalarga ham boshqa bolalar kabi teng imkoniyat va sharoit yaratish oʻta muhim masala (+video)

«Zamin» Xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi 19 noyabr kuni oʻtgan xalqaro veb-forumda nogironlik endilikda tibbiy masala emas, balki birinchi navbatda inson huquqlari masalasi ekanligini taʼkidladi

Ziroat Mirziyoyeva: Nogironligi bor bolalarga ham boshqa bolalar kabi teng imkoniyat va sharoit yaratish oʻta muhim masala (+video)

19 noyabr kuni «Zamin» Xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva «Bolalarning taʼlim olish huquqlari: pandemiya davrida dolzarbligi, uzluksizligi va innovatsiyalar» mavzusidagi xalqaro veb-forumda nutq soʻzladi.

Ziroat Mirziyoyeva nogironlik endilikda tibbiy masala emas, balki birinchi navbatda inson huquqlari masalasi deya qonuniy eʼtirof etilganligi va nogironligi boʻlgan bolalar uchun toʻsiqlardan holi va inklyuziv muhitini yaratish orqali ularning toʻliq va sifatli taʼlim olishini taʼminlash — bola huquqlarini amalga oshirishning samarali shakllaridan biri hisoblanishini taʼkidladi.

«Shu oʻrinda nogironligi boʻlgan bolalarni jamiyatimizning barcha jabhalariga qoʻshish, ular barcha bilan teng boʻlishi va oʻz oʻrinlarini topishi uchun shart-sharoitlar yaratib berish „Zamin“ xalqaro jamoat fondining asosiy maqsad va vazifalaridan biri ekanligini alohida taʼkidlamoqchiman. Global miqyosdagi ushbu inqirozli vaziyat bolalarning sifatli, uzluksiz va inklyuziv taʼlim olishlariga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. YuNESKO maʼlumotlariga koʻra, pandemiya tufayli, hanuzgacha sayyoramizda maktab oʻquvchilarining uchdan bir qismi anʼanaviy taʼlim olish imkoniyatiga qayta olmayapti. Bu juda achinarli albatta. Ammo bugungi kunda ushbu muammoni onlayn oʻquv kurslari orqali qisman hal qilinishiga erishilyapti. Lekin nogironligi boʻlgan bolalar taʼlimi masalasi esa hanuzgacha juda achinarli ahvolda qolmoqda. Har bir bola noyob va oʻziga xosdir. Bolalar har xil boʻlganligi bilan ularning huquqlari teng boʻlishi lozim. Shu sababli, taʼlim jarayonlarida har bir bola uchun individual yondashuvni topish, hech bir oʻgʻil va qizni eʼtibordan chetda qoldirmaslik zarur!», dedi Ziroat Mirziyoyeva.

«Zamin» Xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi nogironligi bor bolalarga ham boshqa bolalar kabi teng imkoniyat va sharoit yaratish, ularning barcha huquqlarini taʼminlash oʻta muhim masala ekanligini taʼkidladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ