Oʻzbekistonda organik bozor va restoranlar ochiladi
Ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlarini oshirish va tashqi bozorda «oʻzbek sifati» belgisini mustahkamlash choralari koʻriladi. Prezidentning bu boradagi tegishli farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlarini oshirish va tashqi bozorda «oʻzbek sifati» belgisini mustahkamlash choralari koʻriladi. Prezidentning bu boradagi tegishli farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Hujjatga koʻra, Toshkent, Qoʻqon, Margʻilon, Shahrisabz, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida agroekoturizm jozibadorligini yanada oshirish uchun organik bozorlar va restoranlar tashkil etish nazarda tutilmoqda.
Qayd etilishicha, organik mahsulot ishlab chiqarishga oʻtkazilayotgan ekin turlarini yetishtirishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda organik sertifikatlangan har bir gektar yer uchastkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobarigacha miqdorda davlat byudjetidan subsidiya ajratiladi.
Shuningdek, birinchi navbatda biomahsulotlarni hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan biologik oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning organik vositalari boʻyicha muvofiqlik sertifikatlarga tannarxning 50 foizi davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish koʻzda tutilgan.
Farmon bilan, Yevropa Ittifoqi bilan savdo faoliyatini jadallashtirish boʻyicha 2020-2024 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturlari rejasini ishlab chiqish ham belgilanmoqda.
Manba: xabar.uz
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

