Oʻzbekiston-Xitoy: Chendu-Toshkent-Chendu charter reysi yoʻlga qoʻyilmoqda
28 dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) va Oʻzbekiston oʻrtasida Chendu-Toshkent-Chendu charter reysi yoʻlga qoʻyiladi. Chendu shahrida Oʻzbekistonning turizm salohiyati taqdimotiga bagʻishlangan anjuman doirasida shu haqida maʼlum qilindi.

28 dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) va Oʻzbekiston oʻrtasida Chendu-Toshkent-Chendu charter reysi yoʻlga qoʻyiladi. Chendu shahrida Oʻzbekistonning turizm salohiyati taqdimotiga bagʻishlangan anjuman doirasida shu haqida maʼlum qilindi.
Bundan avval Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining qator shaharlarida sayyohlik salohiyati taqdimotini oʻtkazayotgani haqida xabar berilgan edi.
Navbatdagi taqdimot Sichuan provinsiyasining Chendu shahrida oʻtkazilib, mahalliy mutaxassislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Uning doirasida oʻtgan B2B uchrashuvlar esa kelgusida ikki davlat turistik tashkilotlari oʻrtasida tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda sayyohlar oqimini oshirishda amaliy natijalarga yoʻnaltirildi.
Tadbirda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b.Abdulaziz Aqqulov hamda Loong Air aviakompaniyasi prezidenti Lyu I soʻzga chiqishdi. Ular ikki davlat turizm sohasini rivojlantirish yoʻnaltirilgan hamkorlik istiqbollari va yaqin orada ochilishi kutilayotgan yangi marshrutlar haqida soʻzlashdi.
Jumladan, tadbir doirasida joriy yilning 28 dekabrida Chendu-Toshkent-Chendu yoʻnalishidagi charter reysning yoʻlga qoʻyilishi haqida eʼlon qilindi. Yangi yoʻnalishdagi reys Oʻzbekiston va Xitoyga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirish yoʻlida xizmat qilishi taʼkidlandi.
Maʼlumot uchun: joriy yilning sentyabrida Loong Air aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Sian-Toshkent-Sian charter reysi ochilgan edi. Shu bilan birga, yaqin kunlarda Xuanchjou-Sian-Toshkent yoʻnalishidagi muntazam aviareysning ochilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan.
Oʻzbek milliy taomi - palovning anjuman zalining oʻzida laganlarga suzilib tortiq qilinishi esa yigʻilganlarda katta qiziqish uygʻotdi. Jonli ijrodagi oʻzbek xalq qoʻshiqlari hamda milliy raqslar kechaga oʻzgacha fayz bagʻishladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tadbirni tashkil qilishda yaqindan yordam bergan Oʻzbekistonning XXRdagi elchixonasi hamda Xitoyning Loong Air aviakompaniyasiga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

