| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi116 marta oʻqildi

Zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining eng qimmat narxi Toshkent shahrida

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1 iyun holatiga koʻra zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning narx-navolarini eʼlon qildi.

Zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining eng qimmat narxi Toshkent shahrida

Tibbiy niqob – Andijon va Namangan viloyatida 500 soʻm, Toshkent shahrida 6 ming soʻm.

Antiseptik gel – Andijonda 700 soʻm boʻlsa, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatida 20 ming soʻmgacha.

Mahalliy un birinchi navi – Toshkent viloyatida 1700 soʻm, Toshkent shahrida 6 ming soʻmni tashkil etmoqda.

Qolipli non – Qoraqalpogʻiston va Andijon viloyatlarida 1250 soʻm, Navoiy, Toshkent viloyatida 2 ming soʻm.

Makaron – Qoraqalpogʻistonda 2500 soʻm, Buxoro viloyatida 10 ming soʻm.

Shakar – Andijon viloyatida 4 ming soʻm, Navoiy, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 7 ming soʻm.

Oʻsimlik yogʻi – Toshkent shahrida 7500 soʻmdan 15300 soʻmgacha.

Xoʻjalik sovuni – Fargʻonada 1000 soʻm, Toshkent shahrida 4 ming soʻm.

Tuxum – Qoraqalpogʻiston va Andijonda 500 soʻm, Toshkent shahrida 1200 soʻm.

Mol goʻshti – Qoraqalpogʻiston Respublikasida 37 ming soʻm boʻlsa, Toshkent shahrida 70 ming soʻm.

Qoʻy goʻshti – oʻrtacha hisobda Toshkent shahrida 39 mingdan 75 ming soʻmgacha.

Tovuq goʻshti – Namangan viloyatida 10 ming soʻm, Toshkent viloyatida 30 ming soʻm.

Guruch – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 3 ming soʻmdan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 16 ming soʻmdan.

Kartoshka – Surxondaryo viloyatida 1000 soʻm, Toshkent viloyatida 6500 soʻm.

Piyoz – Surxondaryoda 500 soʻm, Toshkent viloyati va Samarqand viloyatida 4 ming soʻm.

Sabzi – Surxondaryoda 500 soʻm, Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 2500 soʻmgacha.

Sarimsoq piyoz – Qashqadaryoda 10 ming soʻm, Fargʻonada 9 ming soʻm, Toshkent viloyatida 80 mingdan sotilgan boʻlsa, Samarqand viloyatida 90 ming soʻmgacha sotilmoqda.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini

himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

axborot xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ