| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat2 daqiqada oʻqiladi184 marta oʻqildi

Yoʻqolgan plastik kartadan yechib olingan pullarni qaytarsa boʻladimi?

Markaziy bank plastik kartani yoʻqotganda nimalar qilish kerakligi haqida toʻliq maʼlumot berdi.

Yoʻqolgan plastik kartadan yechib olingan pullarni qaytarsa boʻladimi?

Bank kartamni yoʻqotib qoʻygan edim. Kimdir uni topib olib, pullarini ishlatib yubordi. Bu haqida telefonimga xabar keldi. Shu xabardan foydalanib, pullarimni qaytarib olsam boʻladimi? Buning uchun nima qilishim kerak? Bank kartani yoʻqotganda nimalar qilish kerakligi haqida toʻliqroq tavsiyalar bersangiz.

Markaziy bank matbuot xizmati aholi tomonidan berilgan ushbu savolga quyidagicha javob qaytargan:

Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq:

  • bank kartalarini chiqarish va ulardan foydalanish bank kartasining emitenti hamda bank kartasini saqlovchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi, bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchi bilan shartnoma tuzilguniga qadar bank kartasi saqlovchisini bank kartasidan foydalanish chogʻidagi xavfsizlik shartlari va choralari, eʼtirozlarni berish usullari va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart ekanligi qayd etilgan;

  • bank kartasining yoʻqolganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi fakti aniqlanganda, bank kartasini saqlovchi bank kartasining emitentini bu haqda xabardor qiladi. Bank kartasining emitenti bank kartasi yoʻqolganligi yoki bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi toʻgʻrisida xabardor qilinmagan taqdirda, barcha tavakkalchiliklar bank kartasini saqlovchining zimmasida boʻlishi belgilangan;

  • bank kartasining emitenti bank kartasi yoʻqolganligi yoki bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi toʻgʻrisida xabarnoma olinganidan keyin bank kartasini darhol blokirovka qiladi. Bank kartasining emitenti bank kartasi yoʻqolganligi va (yoki) bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi toʻgʻrisida xabarnoma olinganidan keyin bank kartasidan ruxsatsiz foydalanganlik uchun javobgar boʻladi.

Shu bilan birga, “Banklar tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra, PIN-kod – bank kartasi egasining shaxsiy identifikatsiya raqami boʻlib, u karta hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini boshqarish huquqini hamda mablagʻlarni boshqarishga bank kartasining egasi tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlashi bayon etilgan.

Oʻz navbatida, bugungi kunda mijozlar bank kartasini blokirovka qilish boʻyicha bevosita bankka (veb-sayt yoki koll-markaz orqali) murojaat qilishi yohud banklarning mobil ilovalaridan foydalangan holda, kartani blokka qoʻyish imkoniyati mavjud.

Savolda koʻtarilgan masala yuzasidan, yoʻqotilgan kartani begona shaxslar tomonidan foydalanish holati yuzaga kelgan taqdirda (bankka xabar berilmaganda yoki foydalanuvchining oʻzi blokirovka qilmaganda), bu haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga belgilangan tartibda tezkor xabar berilishi kerak.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ