| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi2 515 marta oʻqildi

"Yashil" hudud deb baholangan viloyatlardan cheklovlar olib tashlanadi

"Yashil" hududlarda park va istirohat bogʻlari faoliyatiga hamda avtotransportlarning stikersiz harakatlanishiga ruxsat beriladi. Ayni vaqtgacha 3 ta viloyat "yashil" hududga kiritilgan.

"Yashil" hudud deb baholangan viloyatlardan cheklovlar olib tashlanadi

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi yigʻilishi bayoniga muvofiq koronavirus tarqalishi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib chiqib, karantin cheklovlari joriy yil 8 mayidan boshlab quyidagi uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma bosqich bekor qilib boriladi.

Uchinchi — "yashil" toifadagi hudud — koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan (yoki aniqlangan shaxslar toʻliq sogʻaygan) hududlar:

➖ Navoiy,
➖ Jizzax va
➖ Qashqadaryo viloyatlari.

"Yashil" hududlarda, yuqoridagilarga qoʻshimcha ravishda:

  • park va istirohat bogʻlari faoliyatiga (attraksion va koʻngilochar obʼyektlar faoliyati bundan mustasno),

  • avtotransportlarning stikersiz harakatiga,

  • davlat tashkilotlarida fuqarolar qabullariga ham ruxsat beriladi.

"Yashil" va "sariq" toifadagi hududlarda yoʻnalishsiz taksilarga yoʻlovchi tashishga, sartaroshxona va goʻzallik salonlari hamda savdo majmualari faoliyat yuritishiga quyidagi talablar asosidagina ruxsat berildi:

YOʻNALIShSIZ TAKSILAR — yoʻlovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi oʻrindigʻi yoʻlovchilar oʻrindigʻidan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan toʻsilgan boʻlishi, haydovchi va yoʻlovchi tibbiy niqobda boʻlishi (tibbiy niqobsiz yoʻlovchini tashish taqiqlanadi), yoʻlovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa oʻrindigʻiga oʻtkazilishi hamda faqat oʻz (avtotransport vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) hududida harakatlanishi lozim;

SARTAROShXONA VA GOʻZALLIK SALONLARI — xizmat koʻrsatuvchi shaxslar tomonidan shaxsiy himoya vositalari — tibbiy xalat yoki kombinezon, tibbiy niqob (N 95 yoki ustma-ust 2 ta oddiy spanbond niqobli), yuzni toʻliq toʻsadigan himoya maskasi va tibbiy qoʻlqopdan foydalangan holda "1 ta xizmat koʻrsatuvchi shaxs — 1 ta mijoz" tamoyili asosida ijtimoiy masofani saqlagan holda ishlashi lozim;

SAVDO MAJMUALARI — qatʼiy ijtimoiy masofani saqlagan holda ruxsat etiladi, bunda: savdo majmuasining attraksion, koʻngilochar, ovqatlanish boʻlinmalari, kinoteatr va oʻyin maydonchalari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ