| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi942 marta oʻqildi

Endi koronavirus yuqtirganlar shifoxonaga kelishlaridan avval qayerlarda boʻlganliklarini bilish mumkin

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “COVID-19”ga chalingan bemorlarning epidemiologik marshtruti bilan imkoni yaratildi. Ushbu maʼlumotlarni olgach, ehtiyotkorlik yuzasidan bu hududlarga bormaslikka harakat qiling.

Endi koronavirus yuqtirganlar shifoxonaga kelishlaridan avval qayerlarda boʻlganliklarini bilish mumkin

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan yurtimizda koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olishda koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida obʼyektiv va ishonchli maʼlumot bilan taʼminlash, aholini qiziqtirgan savollariga javob berib borish maqsadida 1003 qisqa raqamli Call-markazi ishga tushirilgan edi.

Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Bugun esa bemorlarning epidemiologik marshruti bilan tanishish imkoni yaratildi.

“COVID-19 “ bilan kasallanganlar mamlakatimizning qaysi hududlaridan, ular ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida davolanishni boshlashlaridan avval qaysi joylarda boʻlishgan, ehtiyot choralarini koʻrish uchun ular bilan muloqot ehtimolini qanday bilish mumkin?

Ushbu savollarga javob berish maqsadida vazirlikning COVID-19 boʻyicha rasmiy saytida “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ hamkorligida yangi funksiya yaratildi. Yaʼni, birinchisi, saytda kasallik qaysi hududlarda tasdiqlanganini ifoda etuvchi xarita bilan tanishish mumkin.

Ikkinchisi esa, ushbu xarita ostida “Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlarning epidemiologik marshruti” tugmasini bossangiz bemorlarning shifoxonaga kelishlaridan avval qayerlarda boʻlganliklarini koʻrishingiz mumkin boʻladi. Ushbu maʼlumotlarni olgach, ehtiyotkorlik yuzasidan bu hududlarga bormaslikka harakat qiling, oʻzingiz va yaqinlaringizni asrang! Shifokorlarga chin dildan yordam bermoqchi boʻlsangiz, uyda qoling!

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ