Yaponiyaning NHK telekanalida Oʻzbekiston haqidagi videolavhalar namoyish etilmoqda
Yaponiyaning NHK telekanalida efirga uzatiluvchi "Assalom, Yaponiya!" dasturida Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga oid videoreportaj taqdim etildi.

Yaponiyaning NHK telekanalida efirga uzatiluvchi "Assalom, Yaponiya!" dasturida Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga oid videoreportaj taqdim etildi.
Unda yurtimizda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida turizmni rivojlantirish yoʻlida olib borilayotgan islohotlar, sayyohlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, viza rejimining bekor qilinishi kabi ijobiy oʻzgarishlar hamda Oʻzbekistonning dunyoga yuz tutayotgani haqida soʻz yuritiladi.
Videolavhada Buyuk Ipak yoʻlining markazida joylashgan Oʻzbekistonning tarixiy shaharlaridan biri Samarqandga alohida toʻxtalib oʻtilgan. Shu oʻrinda Samarqanddagi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti faoliyatiga toʻxtalib oʻtilgan. Shuningdek, koʻrsatuvda Samarqanddagi tarixiy obidalarni taʼmirlovchi kishilar bilan uchrashuv haqida soʻz borib, bugungi kunda bunday kadrlar atigi 10 nafarni tashkil qilishi taʼkidlangan. Yaponiya telekanali dasturida oʻzbek xalqining mehmondoʻstligiga alohida urgʻu berilgan. Bundan tashqari, shaharlarimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi mehmonxonalarning qurilishini xorijiy sayyohlar uchun yaratilayotgan qulaylik sifatida qayd etilgan.
Telereportaj yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov yaponiyaliklarni Oʻzbekistonga sayohat qilishga chorlagan.
NHK teleknalining yana bir videolavhasida Toshkent shahridagi metropoliten haqida soʻz boradi. Metro qurilish tarixi, bir kunda 23 ming kishi metrodan foydalanishi taʼkidlangan. Bekatlar orasidan “Alisher Navoiy”, “Kosmanavtlar” va “Oʻzbekiston” bekatlariga alohida eʼtibor qaratilib, poytaxt metrosida har bir bekatning oʻziga xosligi qoʻshimcha qilingan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

