Yangilanayotgan Oʻzbekiston uchun yangi avlod kadrlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Yangilanayotgan Oʻzbekiston uchun yangi avlod kadrlari” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Yangilanayotgan Oʻzbekiston uchun yangi avlod kadrlari” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan anjumanda AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan 18 davlatdan kelgan 300 dan ziyod “Umid” jamgʻarmasi bitiruvchilari ishtirok etdi.
Konferensiyani oʻtkazishdan maqsad, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijalarini tahlil qilish, istiqboldagi rejalarning samarali ijrosi yuzasidan ekspertlar fikrini oʻrganish, jamiyatni yanada demokratlashtirish, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan islohotlarni qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qilishdan iboratdir.
Mazkur anjuman “Umid” jamgʻarmasi bitiruvchilari oʻrtasida doimiy aloqa oʻrnatish uchun oʻziga xos platforma sifatida tashkil etildi. Anjumanga tayyorgarlik koʻrish jarayonida dunyoning turli davlatlaridan 600 dan ziyod kishi "http://conference.eyuf.uz" sayti orqali roʻyxatdan oʻtgani konferensiyaga qiziqishning yuqori ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

