Yana ikki nafar bemor COVID-19ni yengdi
Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi, Xorazm, Namangan va Buxoro viloyatlari safiga endilikda Qashqadaryo viloyati ham qoʻshildi.
Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sogʻayganlardan biri 8 yoshli, ikkinchisi esa 56 yoshli fuqaro boʻlib, har ikkisi ham Chiroqchi tumanidan. Bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forigʻ boʻlganini koʻrsatdi.
Ayni paytda qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan jami 68 nafar bemor toʻliq sogʻaydi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

