Yakka tadbirkor guvohnomasida uning fotosurati aks ettiriladi
Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma unda yakka tartibdagi tadbirkorning fotosurati aks ettirilgan holda beriladi.

“Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda yuridik shaxslar – tadbirkorlik subʼyektlarini davlat tomonidan qayta roʻyxatdan oʻtkazish katta miqdorlarda soliq qarzdorligi mavjud boʻlmagan taqdirda xabar berish tartibini qoʻllagan holda bekor qilinadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish ularni davlat tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilayotganda (qayta roʻyxatga olinayotganda) tadbirkorlik faoliyatini olib borish joyi boʻyicha amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma unda yakka tartibdagi tadbirkorning fotosurati aks ettirilgan holda beriladi.
Qarorga koʻra, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida 3 nafar boʻlgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada toʻlaydilar.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

