| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi4 251 marta oʻqildi

Oʻzbekistonga xorijdan kelgan shaxslar karantinga olinmaydi

Respublika maxsus kommissiyasi qarori bilan vaziyat barqaror boʻlgan davlatlardan kelgan shaxslar karantinga olinmaydi, kasallanish holatlari kamayotgan davlatlardan kelganlar uy karantiniga olinadi. Quyida davlatlar roʻyxati keltirilgan.

Oʻzbekistonga xorijdan kelgan shaxslar karantinga olinmaydi

Oʻzbekiston Respublikasiga:

  • sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror boʻlgan (yashil reyslar) — Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Isroil davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda boʻlib turgan) kirib kelgan shaxslar KARANTIN NAZORATIGA OLINMAYDI;

    15 iyundan vaziyat barqaror boʻlgan davlatlarga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

  • koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan (sariq reyslar) — Yevropa Ittifoqi, Malayziya, Tailand, Singapur davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda boʻlib turgan) kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida UY KARANTINI nazoratiga olinadi;

  • koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan (qizil reylar — evakuatsiya reyslari) — qolgan boshqa davlatlar, shu jumladan, BAA, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Rossiya va boshqa MDH davlatlaridan kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida KARANTIN nazoratida SAQLANADI.

Sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror boʻlgan va yaxshilanayotgan mamlakatlarda aviareys qatnovi kuniga qadar uzluksiz 14 kundan kam boʻlgan, shuningdek, ogʻir sanitariya-epidemiologik vaziyat saqlanib qolayotgan davlatlardan tranzit orqali kelayotgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasiga kelish uchun AVIABILETLAR REALIZATsIYa QILINMAYDI.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ