Xorijda nechi nafar Oʻzbekistonlik koronavirus yuqtirib olganligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi
Baʼzi davlatlarda koronavirus tarqalishi keng koʻlamli tus olgan. Afsuski, xorijdagi fuqarolarimiz orasida ham ushbu kasallikka chalinish holatlari yuz bermoqda, dedi Avazbek Xadjimetov.

Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Avazbek Xadjimetov chet el davlatlarida 23 nafar Oʻzbekiston fuqarosi COVID-19 yuqtirib olganini maʼlum qildi.
“Baʼzi davlatlarda koronavirus tarqalishi keng koʻlamli tus olgan. Afsuski, xorijdagi fuqarolarimiz orasida ham ushbu kasallikka chalinish holatlari yuz bermoqda. Bizda mavjud maʼlumotlarga koʻra, Avstriya (1), Armaniston (1), AQSH (10), BAA (1), Koreya Respublikasi (1), Pokiston (5), Rossiya (1), Tailand (1), Qozogʻistonda (2) boʻlib turgan 23 nafar fuqarolarimizda ushbu kasallik aniqlangan, ulardan 3 nafari vafot etgan”.
Avazbek Xadjimetovning maʼlum qilishicha, diplomatik vakolatxonalar ushbu fuqarolar va ularning yaqinlari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi va zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatmoqda.
Xadjimetov xorijdagi barcha mamlakat fuqarolaridan koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha mahalliy hokimiyat talablariga toʻliq rioya etish, jamoaviy tadbirlarda qatnashmaslik, gavjum joylarga tashrif buyurmaslik va barcha ehtiyot choralarini koʻrishni qatʼiy soʻragan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

