Xorijda boʻlgan qarindoshining pensiyasini ishonchnoma orqali olish mumkinmi?
Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, xorijda boʻlgan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasiga kela olmagan paytida ishonchnoma orqali toʻlanishi mumkin.

Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati maʼlum qilishicha, bunda fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan 3 xil mazmundagi asos boʻlgan maʼlumotnoma beriladi.
Xususan:
fuqaro sogʻligʻi tufayli Oʻzbekiston Respublikasiga kelolmasligi;
fuqaroga istiqomat qilib turgan respublikada pensiya yoki nafaqa tayinlanmaganligi;
doimiy roʻyhatda turmasligi toʻgʻrisida.
Ushbu maʼlumotnomalar berilgandan keyin pensiya tiklanib, 12 oydan oshmagan muddatga toʻlab berilishi mumkin.
Qonunchilikda mazkur maʼlumotnomalar orqali pensiya tayinlanlash nazarda tutilmagan.
Ishonchnoma pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotning boʻlinmasida saqlanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

