| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat2 daqiqada oʻqiladi

Xalqqa xizmat – oliy himmat

Xalq qabulxonalari masʼul xodimlari boshchiligida 20 ga yaqin vazirlik va idoralar ishtirokida Fargʻona viloyati aholisi uchun sayyor qabullar tashkil etildi.

Xalqqa xizmat – oliy himmat

Oddiy insonlar bilan yuzma-yuz turib ularning turmushida uchrayotgan chigal masalalarini hal etib berish, kumak koʻrsatish, ayniksa, bugungidek koronavirus havfi yuqori bulgan bir kezda insonlarning dardu-tashvishlariga yelkadosh boʻlib, muammolariga yechim qidirish – oliy ximmat, albatta!

Aynan shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi, Xalq qabulxonalari masʼul xodimlari boshchiligida 20 ga yaqin vazirlik va idoralar ishtirokida Fargʻona viloyati aholisi uchun sayyor qabullar tashkil etildi.

Muloqotlar Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Bogʻdod, Fargʻona hamda Toshloq tumanlarida tashkil etilgan boʻlib, Fargʻona viloyatining barcha hududidagi aholini qamrab oldi. Jami 2 300 ga yaqin murojaatchi ishtirok etdi.

Qabullar davomida ichki ishlar faoliyatiga oid, sud qarorlari yuzasidan va prokuratura organlariga eng koʻp murojaat kelib tushdi. Shuningdek, mazkur qabullar viloyatda bank tizimi, gaz va elektr taʼminoti, mehnat va bandlik, yoʻllarni taʼmirlash, uy-joy, moddiy yordam, ijtimoiy taʼminot, sud qarorlari ijrosi va aliment, sogʻliqni saqlash, kadastr, maktabgacha taʼlim va xalq taʼlimi masalalarida ham yechimini kutib turgan koʻplab muammolar borligini ochiq-oydin koʻrsatib berdi.

Qishloq hududlaridagi aholi murojaatlarining salmoqli qismini kommunal xoʻjalik idoralari faoliyatidan qonikmaslik, toza ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr taʼminoti masalalari tashkil etdi. Mazkur masalalar yuzasidan ham mutasaddi idoralar xodimlari murojaatchilar bilan birma - bir qabullar oʻtkazishdi xamda zudlik bilan aytilgan muammolarni hal etish va taʼminot masalalarini yechishga kirishildi.

Jumladan, 395 dona simyogoch yangi temirbeton tayanchlarga almashtirildi. Shuningdek, 20 dona transformator punkti oʻrnatildi hamda 33,2 km havo tarmogʻi tortildi. Toza ichimlik suvi taʼminoti buyicha qoloq hududlarda ishlar jadallashdi. Transheyalar kovlanib, suv quvurlari tarmoqlari tortildi.

Xonadonlarga 1 000 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. 22 355 ta aholi xonadoni tabiiy gaz bilan taʼminlandi xamda 6 ta ijtimoiy soha obʼyekti tabiiy gaz tarmogʻiga ulandi.

Aholi murojaatlari katorida yullarni taʼmirlash buyicha 127 ta ariza qabul qilindi. Ichki yoʻl taʼmiri boʻyicha vaziyat joylarga chiqib alohida oʻrganildi va natijada qariyb 2,5 mlrd soʻm mablagʻ ajratilib, 18 km yoʻl taʼmirlandi, 2 km yoʻl asfaltlashtirildi, 6 km yoʻl shagʻal bilan qoplandi, 11 km yoʻl joriy taʼmirlandi.

Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash alohida masala tariqasida oʻrganildi. Ayniksa, tadbirkorlik subʼyektlari vakillari, oʻz ishini boshlash istagidagi yoshlar, xotin-qizlar oʻrtasida biznesni qoʻullab-quvaatlashga qaratilgan masalalar jiddiy tahlil qilindi. 12 ta tadbirkorlik subʼyektiga 4 mlrd soʻmdan ziyod kredit mablagʻlari ajratildi. Biznes sohasiga ilk qadamini qoʻya boshlagan 38 nafar fuqaroga 1,5 mlrd soʻm miqdoridagi imtiyozli kredit ajratilishiga erishildi.

Shu tariqa bank sohasiga oid 90 ta masala oʻrganilgan boʻlsa, sogʻliqni saqlash boʻyicha ham yuzlab murojaatlar kelib tushdi. 35 nafar fuqaroga davolanish uchun order berildi, 8 nafar fuqaroga nogironlikka chiqish uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tayinlandi. 21 nafar bola viloyat koʻptarmoqli tibbiyot markaziga yoʻllanma bilan yuborildi.

Ushbu tartibda oʻtkazilgan sayyor qabullar davomida 2 332 ta masala boʻyicha murojaatlar qabul kilinib, ularning 41,5 foizi joyida ijobiy hal etildi. 22 foiz murojaatga huquqiy tushuntirishlar berilib, murojaatlarning qolgan 31,5 foizi ijro uchun nazoratga olindi.

Fotogalereya 3

  • Xalqqa xizmat – oliy himmat — 1-surat, jami 3 ta
  • Xalqqa xizmat – oliy himmat — 2-surat, jami 3 ta
  • Xalqqa xizmat – oliy himmat — 3-surat, jami 3 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ