| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi151 marta oʻqildi

Xalqaro aviaqatnovlar sentyabrga qadar bekor qilindi

Bekor qilingan qatnovlarga aviachiptalar sanasini boshqa sanaga qayta bronlash yoʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha toʻlovlarsiz amalga oshiriladi.

Xalqaro aviaqatnovlar sentyabrga qadar bekor qilindi

Uzbekistan Airways 16 avgustdan 31 avgustgacha xalqaro qatnovlarning va mahalliy yoʻnalishlar boʻyicha muntazam parvozlarning bir qismi majburiy bekor qilingani toʻgʻrisida xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, parvozlar amalga oshiriladigan mamlakatlar va Oʻzbekistonning maʼmuriy markazlaridagi epidemiologik cheklovlarni hisobga olgan holda xalqaro va mahalliy qatnovlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritilgan.

Aviakompaniyaning veb-sayti orqali yoki Uzbekistan Airways Sales filialining kassasida AJning 2020 yil avgust oyidagi bekor qilingan qatnovlariga aviachiptalarni sotib olgan yoʻlovchilarga toʻlov shakliga muvofiq pul mablagʻlarini vaucher shaklida olish yoki 2020 yil 1 sentyabridan boshlab rejalashtirilgan AJ qatnovlariga bir martalik qayta bronlash imkoniyati taqdim etiladi.

Uzbekistan Airways AJning xorijdagi sotuvlar ofisida yoki aviakompaniyaning Oʻzbekiston va xorijdagi aviatashuvlar sotuvi boʻyicha agentlaridan aviachiptalarni sotib olgan yoʻlovchilar, pul mablagʻlarini vaucher shaklida olish yoki uchish sanasini 2020 yil 1 sentyabridan boshlab rejalashtirilgan AJ qatnovlariga qayta bronlash uchun aviachipta sotib olingan joyga murojaat qilishlari kerak.

Bekor qilingan qatnovlarga aviachiptalar sanasini boshqa sanaga qayta bronlash yoʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha toʻlovlarsiz amalga oshirilishiga eʼtibor berish soʻralgan.

«Aviakompaniya Call-markaziga koʻplab qoʻngʻiroqlar kelib tushayotganligi sababli xizmatni kutish vaqti sezilarli darajada oshdi. Shu munosabat bilan yoʻlovchilardan qatnovlar bekor qilinishi bilan bogʻliq qoʻngʻiroqlar bilan Call-markazga murojaat qilmasliklarini iltimos qilamiz», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, xorijdagi oʻzbekistonliklarni olib kelish uchun 17 avgustdan 30 avgustga qadar amalga oshiriladigan navbatdagi charter reyslarning jadvali tasdiqlangan edi. Unga koʻra, ushbu muddat oraligʻida 23 ta reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ