| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi59 marta oʻqildi

«WorldSkills Russia» Oʻzbekistonda «WorldSkills» harakatini kengaytirishga koʻmaklashadi

Oʻzbekistondagi «WorldSkills» vakillarining soʻzlariga koʻra, harakat uchun yosh kadrlar malakasini oshirish hisobiga iqtisodiyotni rivojlantirishning muvaffaqiyatli tajribalari va yangi imkoniyatlarini oshirgan holda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish muhim.

«WorldSkills Russia» Oʻzbekistonda «WorldSkills» harakatini kengaytirishga koʻmaklashadi

«WorldSkills Russia» birlashmasi Oʻzbekistonda «WorldSkills» harakatining operatori hisoblanuvchi Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Memorandum Oʻzbekistonda «WorldSkills» harakatini rivojlantirish maqsadida ikki mamlakat hamkorligi birinchi bosqichining muvaffaqiyatli davomi boʻldi. Yangi ikki tomonlama hamkorlik mamlakatda harakatning kelajakda keng miqyosda yoyilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida kasbiy taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan birgalikdagi turli loyihalarni nazarda tutadi.

Oʻzbekistondagi «WorldSkills» vakillarining soʻzlariga koʻra, harakat uchun yosh kadrlar malakasini oshirish hisobiga iqtisodiyotni rivojlantirishning muvaffaqiyatli tajribalari va yangi imkoniyatlarini oshirgan holda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish muhim.

Shuningdek, «WorldSkills» ning tajribasiga muvofiq kasbiy va taʼlim standartlarini yangilash, milliy jamoalarning birgalikdagi mashgʻuloti va ikki davlatning «WorldSkills» xalqaro musobaqalarida ishtirok etishga tayyorgarligi kabi asosiy yoʻnalishlari qamrab olinadi.

Bundan tashqari, Rossiya 2021 yili Shanxayda kasbiy mahorat boʻyicha oʻtkaziladigan jahon chempionatida respublika sharafini himoya qiluvchi Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibini shakllantirish va ularni musobaqaga tayyorlashga yordam beradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ