| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Uzbekistan Is My Second Home imigratsion vizasi joriy etiladi

Uzbekistan Is My Second Home imigratsion vizasi joriy etilishining asosiy maqsadi yuqori akademik bilimlarga, hayotiy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori daromadli odamlarni yashash uchun mamlakatimizga jalb qilishdir.

Uzbekistan Is My Second Home imigratsion vizasi joriy etiladi

Oʻzbekiston Prezidenti farmoni bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonda turistik soliqlarni hisoblashning yagona tizimi joriy etiladi. Bu taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati, mehmonxonalardagi yotar joylari soni monitoringini yuritish, shuningdek, xorijiy fuqarolarning kirishi va chiqishini nazorat qilish imkonini beradi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi departament boshligʻi Shuhrat Isaqulovning «Oʻzbekistan 24» kanaliga bildirishicha, mazkur farmonda ikki oy ichida yangi — Uzbekistan Is My Second Home («Oʻzbekiston mening ikkinchi uyim») immigratsion viza turini ishlab chiqish boʻyicha koʻrsatma berilgan.

«Bu vizaning yangi turidir. Ushbu hujjatning asosiy mantigʻi va maqsadi yuqori akademik bilimlarga, hayotiy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori daromadli odamlarni yashash uchun mamlakatimizga jalb qilishdir. Ular mamlakatimizda mustaqil ravishda yoki oila aʼzolari bilan yashashi va oʻz bilimlari bilan mamlakatimizga hissa qoʻshishlari mumkin. Bu, shuningdek, bilim uzatishning juda katta manbaidir», deydi Shuhrat Isaqulov.

Bojxona qoʻmitasiga chegara boʻlimi bilan birgalikda Gishtkoʻprik va Xayraton xalqaro nazorat-oʻtkazish punktlarida chegarani kesib oʻtgan odamlar uchun sharoit yaratib, Fast Track (tezkor oʻtish) mexanizmini joriy etish vazifasi yuklatildi. 20 daqiqada tezkor oʻtish maqsadi koʻyilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ