Uzbekistan Airways xodimlarining formasi 15 yil ichida keskin oʻzgardi
Uzbekistan Airways xodimlarining formasi oʻzgardi. Endi ular quyuq akvamarin va terrakota ranglaridan iborat formalarda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.

Uzbekistan Airways 2020 yil 14 fevraldan boshlab yoʻlovchilar diqqatiga uchuvchi va bort kuzatuvchilarning yangi formasini taqdim etadi.

Kiyimlarga logotip tasviri tushirilgan
Samolyot ekipaji qiyofasida keskin oʻzgarishlar 15 yil ichida birinchi marta sodir boʻldi. Kiyimlardagi asosiy rang quyuq akvamarin va terrakota ranglaridir. Qizlar uchun yubka, shim, bluzkadan iborat boʻlgan, ikki xil rangli yangi toʻplam taqdim etilgan. Pidjakning astari terrakota rangida boʻlib, logotip tasviri tushirilgan.

Bezaklar sharqona uslubda
Aksessuarlar sifatida bosh kiyim, matoli va charm qoʻlqoplar, soch turmagi yaratish uchun matoli elastik tasma va ikki xil rangdagi sharflar kiritilgan. Bluzka va boʻyinbogʻdagi bezaklar sharqona uslubda yaratilgan. Qishki yomgʻirpoʻsh paltosi yechib olinadigan izolyasiyalangan astarga ega.

Erkak xodimlarning formasi ham akvamarin bezatilgan
Erkak bort kuzatuvchi xodimlari uchun toʻplam quyuq kul rangdagi uch qismli kostyum koʻrinishida boʻlib, quyuq akvamarin bezaklari bilan taqdim etiladi. Bosh kiyim toʻq kul rangda kumush bezak bilan bezatilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

