UzAuto Motors Belarusga avtomobil eksportini boshladi
Chevrolet brendi ostida Belarus avtomobil bozorida namoyish etilgan birinchi modellar Spark, Nexia va Cobalt boʻldi.

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet brendi ostida Belarusda avtomobillar sotishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

UzAuto Motors avtomobillarini Chevrolet brendi ostida eksportga chiqarishni boshlaydi
“Belarus avtomobil bozorida taklif etilayotgan Chevrolet brendi ostidagi birinchi modellar Spark, Nexia va Cobalt boʻldi”, deyiladi xabarda.
Avtomobillarning birinchi partiyasi Chevrolet brendi qimmatbaho avtomobillarining rasmiy dileri boʻlgan "Multimotors" avtomarkaziga yetkazib berildi va hozirda UzAuto Motors kompaniyasi bilan Chevrolet rusumidagi avtomobillarni yetkazib berish boʻyicha yangi dilerlik shartnomasi tuzildi.
Taʼkidlanishicha, ushbu mashinalarning asosiy afzalligi pul/narxning maqbul nisbati, shu jumladan jihozlanishi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Oʻzbekistonda davlat organlari va hududlar uchun korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyot reytingi ishga tushiriladi

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

