Uydan chiqmay turib qayerga borish mumkin?
Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati COVID-19 haqidagi yangilik va tavsiyalar qatorida, uydan chiqmay sayohat qilishga mumkin boʻlgan joylar haqida maʼlumot berdi. Bugungi tashrif Toshkent politexnika muzeyiga boʻladi.

Har birimiz hozirgi davr sayohatlar uchun eng qulay vaqt emasligini tushunib turibdi. Biroq aynan shuning uchun Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati COVID-19 haqidagi yangilik va tavsiyalar qatorida, uydan chiqmay sayohat qilishga mumkin boʻlgan joylar haqida maʼlumot berdi.
Qolaversa, bu yangi joylarni oʻrganish va kelgusi sayohatlarni rejalashtirishning qulay usulidir. Olam qiziqarli safarlar uchun oʻz quchoqlarini yana ochgan chogʻda siz sayohatlar uchun shay turasiz.
Shunday qilib, bugun Toshkent politexnika muzeyiga yoʻl oldik. Buning uchun siz ushbu manzil haqidagi qisqa hikoyamizni oʻqigandan keyin havolani bossangiz yetarli.
🔸 Toshkent politexnika muzeyi poytaxt muzeylari orasida nisbatan yoshidir. U 2015 yilning noyabr oyida ochilgan.
🔸 Muzey ekspozitsiyasi uchta boʻlimdan iborat: “Jahon avtomobilsozlik tarixi”, “Oʻzbekiston avtomobilsozlik tarixi” va “Interaktiv amaliyot”.
🔸 Retro avtomobillar ixlosmandi boʻlsangiz, ushbu muzeyga albatta tashrif buyuring. Hozircha esa virtual sayohat yordamida siz afsonaviy “Wolksvagen Juk”ni hamda bizga azaldan tanish boʻlgan “Chayka” kabi avtomobillarni koʻrishingiz mumkin. Ular dunyo avtomobillari boʻlimida namoyishga qoʻyilgan.
🔸 Oʻzbek avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishini oʻz ichiga olgan muzeyning ikkinchi boʻlimida Daewoo konveyeridan chiqqan turli rusumdagi avtomobillarni va mashhur “Neksiya-2” mashinasini koʻrishingiz mumkin!
🔸 Ushbu boʻlimning yana bir oʻziga xos jihati toʻliq ochiq holatda namoyish qilinayotgan Chevrolet Spark avtomobilidir. Muzey xodimlari astoydil kirishib, Spark avtomobilini eng mayda qismlargacha ajratib, ajoyib kompozitsiya barpo etdilar va bularning barchasini umumiy tomosha uchun taqdim etdilar. Agar siz Chevrolet Spark avtomobilining egasi boʻlsangiz, sizga politexnika muzeyiga tashrif buyurish va avtomashinaning bunday noodatiy, ochiq holda koʻrish qiziqarli boʻladi. Lekin bundan avval muzeyga virtual sayohat qilib, uni 360 daraja koʻrinishida tomosha qiling!
🔸 Shuningdek, yaqin kunlarda muzey Bugattiʼning ilk mashinalaridan birining noyob modeli bilan toʻldirildi va u eʼtiboringizni tortmay qolmaydi!
Tezroq bularni koʻrmoqchimisiz? Uyali aloqa telefoningiz yoki kompyuter yordamida havola orqali oʻting va virtual sayrdan bahramand boʻling:
https://uzbekistan360.uz/ru/location/politehniceskij-muzej-vuoK.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

