Turkiya Oʻzbekistonga koronavirusni aniqlaydigan test yetkazib beradi
Turkiya Oʻzbekistonga koronavirusni 99,6 foiz ishonchli aniqlaydigan test eksport qiladi. Bunaqa testdan Qirgʻiziston ham buyurtma bergan.

Oʻzbekiston Turkiyadan koronavirusni 2 soat ichida aniqlaydigan test sotib oldi. Bu haqida Turkiya sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Kodjaga asoslanib Reuters xabar qilmoqda.
Turkiyada ishlab chiqilgan vosita koronavirusni 2 soat ichida 99,6 foiz ishonchlilik bilan aniqlaydi. Ushbu tashxis vositasi JST standartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan.
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston ana shunday vositalardan 10 ming donadan buyurtma berishgan. Tibbiy vositalarni yetkazib berish yaqin orada boshlanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

