| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi339 marta oʻqildi

Turizm sohasida yangi standart qabul qilindi

“Oʻzstandart” Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qarori bilan Oʻz DSt EN 13809:2019 (EN 13809:2003, IDT) “Turistik xizmatlar. Turoperatorlar va turagentlar. Atamashunoslik” davlat standarti tasdiqlandi.

Yangi standart Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Mazkur standart xalqaro darajadagi EN 13809:2003 «Tourism services – Travel agencies and tour operators– Terminology» standartiga muvofiq keladi. Standart turistik biznesda keng qoʻllaniluvchi hamda soha xizmatlari foydalanuvchilari va provayderlari oʻrtasidagi oʻzaro anglashuvga koʻmak beruvchi qator atamalar izohlarini oʻzida jamlagan.

Turizm xizmatlari tanlovini anglash sayyohlar umidini qondirish ehtimolini oshiradi. Turistik biznes, oʻz oʻrnida, sohadan yaxshi xabardor isteʼmolchilarning borligidan yutadi.

Standart shuningdek turizm va sayohatlarga doir boshqa standartlar hamda qonun ishlab chiquvchilari uchun ham foydalidir.

Maʼlumot ilovasi oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi atamalar lugʻati hisoblanadi.

Yangi standart 2020 yilning 1 aprelidan kuchga kiradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ