| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi308 marta oʻqildi

Transportning barcha turlarida xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashish qancha muddatga toʻxtatilishi aytildi

Koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida barcha turdagi transport vositalarida xalqaro yoʻnalishda yoʻlovchi tashish 20 mart kunidan boshlab toʻxtatiladi. Ushbu cheklov tashqi savdo yuklariga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Transportning barcha turlarida xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashish qancha muddatga toʻxtatilishi aytildi

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirligi 2020 yilning 20 mart kunidan eʼtiboran xalqaro yoʻnalishlarda avtobus, yengil avtomobil, temir yoʻl va havo transportlari orqali yoʻlovchi tashuvlari 40 kun muddatga toʻxtatilishini maʼlum qiladi.

Barcha avia va avtomobil qatnovlari toʻxtatiladi

Ushbu cheklov, avtomobil, avia, temir yoʻl, daryo transportlarida amalga oshirilayotgan yuk tashuvlari va tashqi savdo yuklariga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ